Bu voqea Hindistoning Panjob viloyatida sodir bo‘lgan. Ikkita kuchuk bolasi quduqqa tushib ketgan, ne baxtki quduq bo‘sh edi. Ularning onasi quduq og‘ziga kelib, egalarining e’tiborini tortish uchun baland ovozda akillay boshladi. Egalari quduq og‘ziga yaqinroq kelib qarasa kobra ilonga ko‘zi tushdi. U ilonni it bolalariga zarar yetkazadimi deb qo‘rqqan edi, lekin u hech qanday agressiyasiz, hotirjam edi. Aksincha u it bolalariga g‘amxorlik qilib, suv to‘lsa cho‘kib ketishlari mumkin bo‘lgan tomonga o‘tkazmayotgandi.
Uy egasi o‘zi ularni olib chiqa olmasdi, chunki quduq juda chuqur edi. Nazoratchilarni kelishi uchun esa ikki kun kerak bo‘ldi, bu vaqt mobaynida ilon bir chetda ularga qarab o‘tirdi. Nazoratchilar kelib quduqqa tushganlarida ham u bir chetga o‘tib hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. O’rmon nazoratchilari ikki kuchuk bolasi bilan ilonni ham olib chiqishdi. Kobrani o‘rmonga qo‘yib yuborib, kuchukchalarni onasi bag‘riga qaytarishdi.
Buni qarangki, eng vaxshiy hayvonlar ham hayot qiymati va murosa qilib yashashni bilar ekanlar.
Ziyoda Ziyaeva
|