Вверх
Четверг, 21-Ноября-2024, 20:31
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 3 » Kambag‘allik kasallikka o‘xshaydi: uni davolash mumkin!
Рекомендуемы
15:27
Kambag‘allik kasallikka o‘xshaydi: uni davolash mumkin!

 Aytishlaricha, pulga hirs qo‘yish barcha balolarning boshi ekan. Ammo, pulsizlik bundan ham og‘irroq (S. Batler).

Agar kambag‘al odamdan «Nega farovon yashashni uddalay olmayapsan?», — deb so‘rasangiz, savolingizga  yaxshigina javob topib beradi. Har bir kambag‘alning o‘zini oqlash uchun bahonasi bor. Kimdir: «Taqdirim  shu ekan. Omadim kelmayapti!», — deydi. Yana birov mamlakatdagi ahvolni ro‘kach qiladi. Uchinchisi boy bo‘lish istagi yo‘qligini aytadi. Kimdir ota-onasiga aybni yuklaydi, menga yaxshi ta’lim-tarbiya bera olishmagan, deydi. Ko‘pchilik maktabda berilayotgan ta’limning noto‘g‘riligidan noliydi: axir u yerda pul topishni o‘rgatishmaydi-da!

Pulga munosabat qanday shakllanadi? Ko‘pincha u ota-onangiz va atrofingizdagilarning sizga ko‘rsatgan ibrati orqali tarbiyalanib boradi. Ularning pul haqida qanday o‘ylashlari va uni qanday sarflashlari bolaligingizdanoq sizda pulga munosabatni shakllantirib boradi. Va albatta, o‘zingizning orzularingiz va shaxsingizga bergan bahongiz, ishonchingiz ham bu borada muhim ahamiyatga ega.

Pul masalasida farzandlarga uch xil tarbiya beriladi:

«Pul – yomon narsa. Usiz ham yashasa bo‘ladi».

«Pul? U nima o‘zi?» (ya’ni ota-onalar ma’lum yoshga yetguncha bolalar pul nimaligini umuman bilmaganlari ma’qul, deb hisoblaydilar, xuddi jinsiy tarbiya kabi).

«Pul – bu jiddiy masala. Uni ishlatishni bilish kerak». Bu – eng to‘g‘ri tarbiya.

Ko‘p insonlarning ongi yoshligidanoq qashshoqlikka tayyorlab boriladi. Maktabda «pul qayerdan paydo bo‘ladi?» degan savolga javob berilmaydi. Shuning uchun bola maktabni pul haqida unga qadam qo‘yganidagi kabi sodda va ko‘pincha noto‘g‘ri tasavvurlar bilan bitirib ketadi. U butun umr pul haqidagi oddiy, ammo juda muhim tushunchalardan bexabar yashayverishi mumkin. Oqibatda nima xohlayotganini o‘zi ham bilmaydigan noshudga aylanadi-qoladi.

Tagi teshilgan etikda yurib, xaroba uyda yashab, inson asta-sekin qashshoqlikka ko‘nikib qolishi mumkin. O‘zining qashshoqligida dunyoni ayblayverib, oxiri o‘zi bilan o‘zi ovora maydakash, alamzadaga aylanadi.

Kuzatib turib, odamlarning ko‘pchiligi butun umr o‘zini-o‘zi qashshoqlashtirib borayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ular g‘ayrishuuriy tarzda kambag‘allik odatlariga amal qilib boradilar. Arzimas haq to‘lanadigan ish uchun jonlarini jabborga berib ishlaydilar. Aslida esa aksincha bo‘lishi, o‘ynab-kulib qilgan ishlari uchun katta pul olishlari lozim edi. Ular keng tarqalgan, ammo noto‘g‘ri bir qoidaga amal qiladilar, ya’ni «boshqalar mening mehnatim bahosi qanchaligini biladilar» deb o‘ylaydilar. Ular pul jamg‘arish nima ekanligi haqida umuman tasavvurga ega emaslar. Topilgan mablag‘ni darhol joy-joyiga sarflash – mana ularning asosiy shiorlari. Pulni biror ishga jalb qilish, aylantirib, foyda olish haqidaku, umuman gapirmasa xam bo‘ladi. Pulini topgan zahoti mayda-chuydalarga sarflab yuboradiganlarda moliyaviy investitsiya uchun imkon ham bo‘lmaydi-da!

Aslida mablag‘ni kun sayin ko‘paytirib borish juda mushkul ish emas. Ammo hech narsa qilmay, qo‘l qovushtirib o‘tirish baribir osonroqda! Har oyda ma’lum mablag‘ni tejab borish nahotki shunchalar qiyin bo‘lsa? Yo‘q, unday emas. Ammo bir necha lahzalik lazzat uchun pul sarflash osonroqda… Millioner odam hech qachon «katta pul topish mumkin emas», deb o‘ylamaydi. Kambag‘al odam esa kichik miqdordagi pulni topish osonroq, deb o‘ylaydi.

O‘ylab ko‘ring, so‘ngti yil davomida ko‘proq pul topish uchun, daromadingizni orttirish uchun nima qildingiz? So‘nggi oy davomida-chi? Men aynan amaliy harakatni nazarda tutayapman, orzularu rejalarni emas.

Eslay olmayapsizmi? Mana sizning muammoingiz qayerda! Mana — ichingizdagi sizni tark etishni istamayotgan qashshoq!

Siz o‘zingizni boylikdan ayirib turgan to‘siqdan hatlab o‘ting. Kimlargadir nisbatan ahvolingiz yaxshiligi haqidagi xayollarga chek qo‘ying. Endi sizning shioringiz: «Ulardan nimam kam?» bo‘lmog‘i kerak. Hayot tarzingizni tubdan o‘zgartirishga jazm eting. Yodingizdami, bolaligingizda ilk qadamlaringizni qo‘yayotganingizda ko‘p qoqilib, yiqilgandingiz. O‘shanda biror yeringiz ko‘karishi yoki tilinishidan qo‘rqmagandingiz-ku.

Aksar boylar hammasini noldan boshlashgan. Ular o‘z maqsadlariga yetgunlaricha uzoq va qiyin yo‘lni bosib o‘tganlar. Ammo ular o‘sha boshlang‘ich nuqtadan ilgarilay oldilar va endi cho‘qqida turibdilar.

Qo‘lingizda kutilmaganda katta mablag‘ paydo bo‘lib qolishi mumkin. Xalqda buni «ahmok pullar» deyishadi. Asosiysi, ularni to‘g‘ri ishlata biling. Boshlang‘ich katta kapitalga ega bo‘lganlarning ko‘pchiligi bugunga kelib hech kim emas. Chunki ular qo‘llarida bor imkoniyatni, boshlariga qo‘ngan omad qushini uchirib yuborganlar, ya’ni pul sarflashni bilmaganlar.

Sportchi, fotomodel, estrada qo‘shiqchilarini oling. Bu kasblarning umri uzoq emas, ammo daromadi katta. Lekin katta daromad olish, bu hali badavlat turmush kechirish degani emas. Dunyo tajribasidan ma’lumki, bunday yulduzlarning ko‘pchiligi umrlarini ayanchli bir tarzda tugallaydilar. Chunki ular pul sarflashni bilishgan, uni ko‘paytirishni esa bilishmagan.

Ahamiyat bering.

Pele bilan bir komandada Garrincha ismli futbolchi ham o‘ynardi. Uning Peledan hech kam joyi yo‘q, ba’zi o‘rinlarda hatto undan ustun ham edi. Ammo Pele futbolni tugatib, nafaqaga chiqqach, pullarini foydali biznesga jalb qildi («Kafe Pele»ning reklamasini eslaysizmi?) va farog‘atda yashab yuribdi. Garrincha esa pullarini ichib tugatdi va umrining oxirini ko‘chalarda daydib o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Teng imkoniyatga ega bo‘la turib, ularning biri pul topishni bildi, boshqasi esa faqat sarflashni. Ha, odam qashshoqlik psixologiyasiga ega bo‘lsa, hech nima qila olmas ekan. Faqat pul sarflashi mumkin, xolos.

Pullarni saqlab qolish uchun ularga munosabatingizni o‘zgartirishingiz lozim. Faqat sarflash mumkin emas. Shuningdek, ko‘proq olish imkoniyati bo‘lgan joyda kamiga qanoat qilmaslik kerak.

Tasavvur qiling, yer ostida pul dengizi bor. Undan pul buloqlari oqib chiqmoqda. O‘zingizning bulog‘ingizni toping va uning yonida quduq hosil qiling. Endi shu tasavvurni hayotga tadbiq etib ko‘ring. Shunda ko‘p o‘tmay sizda pul qudug‘i, balki pul ombori ham paydo bo‘ladi.

Menga atrofdagilar yoki hukumat yordam beradi, deb o‘ylayapsizmi? Bekorga umid qilayapsiz! Pul topish -sizning muammoingiz. Sizning farovon yashashingiz o‘zingizdan boshqa hech kimga kerak emas. Ha, boshida yolg‘iz bo‘lasiz. Ammo … kuchingizni to‘plang va oyoqqa turing!

«Bo‘lajak millionerlarga maslahatlar» kitobidan olindi


Категория: Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari | Просмотров: 4993 | Добавил: admin | Теги: boy bo'lish sirlari, pulni ko'paytirish yo'llari, boylik sirlari, qanday qilib boy bo'lish mumkin, sherlar.net, puldor bo'lish, badavlat bo'lish | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 21-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz