Вверх
Четверг, 21-Ноября-2024, 20:25
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 10 » Esnash, kekirish, hiqichoq tutishi... Sababi – xastalikmi?
Рекомендуемы
15:42
Esnash, kekirish, hiqichoq tutishi... Sababi – xastalikmi?

Sog`lig`imiz bilan bog`liq oddiygina o`zgarish ham, aslida, biror xastalik belgisi bo`lishi mumkin. Masalan, tez-tez hiqichoq tutishi, aksirish yoki esnash kabi alomatlarni olsak. Bunday holatlarning me`yoridan ortiq, ya`ni muntazam qaytalanishi organizmda yuzaga kelgan muammolarni anglatishi ham mumkin. Hozir shu xususda batafsil ma`lumot beramiz.

 

“Hiq-hiq...”

Diafragmaning tortishib-qisqarishi natijasida to`satdan tovush chiqarib nafas olish – hiqichoq tutishi bilan namoyon bo`ladi. Odatda, hiqichoq tutib qolsa, bir qultum suv ichish yoki bir necha soniya nafas olmay turish tavsiya etiladi.

Tez-tez hiqichoq tutishi va uning uzoq davom etishi qorin bo`shlig`ida yallig`lanish borligidan darak bo`lishi mumkin. Shuningdek, hiqichoq tutgan payt ko`krak qafasida og`riq turishi – bosh va orqa miyaning ayrim kasalliklari, ba`zan miokard infarktiga moyillik yoki asab qo`zg`alishlari bilan bog`liq ekanligi ham ehtimoldan holi emas. Agar sizni ushbu holat bezovta qilayotgan bo`lsa, TERAPEVT shifokorga murojaat qiling.

 

Ko`zlar pirpirasa

Ko`zni qisib-ochish xuddi nafas olish kabi organizmning tabiiy ehtiyojidir. Bu bilan mazkur a`zodagi chang-g`ubor tozalanib, namlanadi. Ko`zning me`yorida pirpirashi ortiqcha bezovtaliklar tug`dirmaydi. Agar kutilmaganda takrorlanish tezligi ortsa yoki keskin pirpirash boshlansa, ko`zning quruqlashishi sindromi, allergik kasalliklarga moyillik, asab kasalliklaridan ehtiyot bo`lish kerak. Bunday holatda OKULIST shifokor tavsiyalariga amal qilish zarur.

 

Buncha ko`p esnading, deyishsa...                                   

Ko`pchilik qatori esnash faqat mudroq bossa yuzaga keladi yoki esnayotgan odamga qarab turilsa, undan yuqib qoladi, deb o`ylashingiz mumkin. Aslida esa organizm toliqqanida, yurak qon-tomir tizimi faoliyati yomonlashganida, jismoniy faollik kam bo`lsa, dim xonada uzoq qolib ketilsa ham esnash yuzaga keladi.

Odatda, esnash muayyan kasallik bilan bog`lanmaydi. Ammo u uzoq davom etgudek bo`lsa, miyada kislorod etishmayotganini taxmin qilish mumkin. Agar tez-tez takrorlanadigan esnash bezovta qilsa, yaxshisi, TERAPEVT shifokor ko`rigiga yo`l oling.

 

Kekirish  odatga aylanmasin

Kekirsak, “to`yib ketdim”, deymiz. Tibbiyotda esa bu holatning  boshqacha talqini bor. Qorinda gaz to`planishi mavjud bo`lsa, odam kekiradi, ya`ni nafas chiqarish teshigi orqali ortiqcha gazlar tashqariga yo`l oladi. Agar kekirganingizda og`zingiz taxirlashib, ovoz chiqarsangiz, oshqozon faoliyatiga diqqat qiling. Ehtimol, ushbu a`zoda biror salbiy o`zgarish bordir. Kekirganda nordon ta`m sezish esa me`da shirasidagi nordon muhitning buzilishidan, achqimtiri esa o`t dimlanishidan bo`lishi mumkin. Bunday hollarda GASTROENTEROLOG mutaxassis yordam beradi.

 

Jig`ildon tez-tez qaynasa

Ko`pincha, me`da shirasida kislota ko`payib yoki kamayib ketsa, jig`ildon qaynashi yuz beradi. Shu bilan birga tez-tez jig`ildon qaynashidan shikoyat qiladigan kishilar me`da kasalliklari (me`da yarasi, gastrit), xolesistit kabi kasalliklarga ahamiyat berishlari maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, homiladorlik davri o`zgarishlari va uyqudan avval to`yib ovqatlanish asoratida  ham jig`ildon qaynashi mumkin. Ikki-uch kun ketma-ket jig`ildon bezovta qilsa yoki taomdan so`ng ushbu holat takrorlansa, imkon qadar GASTROENTEROLOG  shifokor bilan bamaslahat kerakli muolajalarni oling.

 

Qo`llaringiz qaltiraydimi?

Qattiq asabiylashganimizda qo`llarimizga titroq kiradi. Bu qo`l qaltirashining asab bilan bog`liq shaklidir. Bordi-yu, qo`lingizda kutilmagan qaltiroq tursa  –  jismoniy va ruhiy zo`riqish, kichik miya shikastlanishi, qalqonsimon bez faoliyati bilan bog`liq ayrim holatlar yoki yoshga doir organizm o`zgarishlari yuzaga kelgan bo`lishi mumkin. Qolaversa, ayrim dori preparatlarini muntazam ravishda qabul qiladiganlar va tarkibida  kofein mavjud ichimliklarni xushlovchilarda ham qo`l qaltirashi uchrab turadi. Muntazam qo`l qaltirashida, avval TERAPEVT shifokorga murojaat qilib, zarur hollarda boshqa mutaxassis tavsiyalarini olishingiz kerak.

 

Qovoq  “uchish”i yaxshilikka, ammo....

Tez-tez qovoq uchishi ayrim kasalliklar sabab yuz berayotgan bo`lishi ham mumkin. Masalan, muntazam va uzoq vaqt kompyuterda ishlash, ko`z quruqlashishi hamda toliqishi, avitaminoz (organizmda ayrim vitamin va mikroelementlarning etishmasligi) hamda  allergiya kabi holatlar gumondor omillar sirasiga kiradi. Bunday holatda OKULISTga uchrasangiz, kerakli tavsiyalarni olasiz-u, yuz berishi mumkin bo`lgan kasallik asoratlarini tezgina bartaraf etishga muvaffaq bo`lasiz.

 

“Xa-a-a-apshu!!!”

Aksirish organizmning himoya reaksiyasidir. Biroq tez-tez aksirish ayrim kasalliklar belgisi bo`lishi ham mumkin. Misol uchun, gripp, shamollash, allergiya, biror jarohat sabab burun sinishi yoki lat eyishi sodir bo`lgan taqdirda nafas olish yo`lidagi noqisliklar sabab tez-tez aksirish yuz beradi. Yuqorida aytganimizdek, aksirish himoya vazifasini bajargani bois ayrim hidlarga aks ta`sir sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Tamaki yoki xazon tutuni, daraxt bargi va gulining chang zarralari ham aksirishni qo`zg`atuvchi omillardir. Bordi-yu, aksirish shamollash bilan bog`liq bo`lsa, zarur muolajalarni kechiktirmang. Aks holda esa allergiya qo`zg`atuvchi omillarga moyillikni aniqlash uchun ALLERGOLOG mutaxassis tavsiyasi asqotadi.

 

Quloqlar  shang`illashi...

Eshitgan bo`lsangiz, gipertoniya (arterial qon bosimining ko`tarilishi) va gipotoniya (qon bosimining tushib ketishi)ga chalingan  kishilar quloqlaridagi shovqindan  shikoyat qilishadi. Ammo quloq shang`illashi birgina shu holatlarda kuzatilmaydi. Qon bosimining goh pastlab, goh yuqorilab “o`yna”shi, ruhiy siqilish, toliqish, ba`zan homiladorlik davrida ham quloqlarda shovqin bo`lishi mumkin. Bunday vaziyatda OTOLORINGOLOG shifokorga murojaat etganingiz ma`qul. Chunki mazkur holat yurak qon-tomir tizimi xastaliklarining dastlabki belgisi bo`lishi mumkin. Shifokor buni aniqlab, sizni to`g`ri tibbiy tekshiruvga yo`naltiradi.

 

Qo`lingiz uvishib qolmaydimi?

Qo`llarning  doimiy uvishib turishi ayrim kasalliklardan darakdir. Agar bir vaqtning o`zida ikkala qo`lda ham uvishish bo`lsa, markaziy asab tizimidagi o`zgarishlar, bu kabi holat bo`yin sohasida kuzatilsa, osteoxondroz yoki umurtqalararo churra hosil bo`layotgani taxmin qilinadi. Mabodo, tunda chap qo`lingiz uvishib tursa, yurak faoliyatidagi salbiy o`zgarishlar ehtimoli ham yo`q emas. Shuningdek, organizmda V12 vitamini etishmasligi, uyqu payti bir taraf bilan uzoq yotib qolish kabilarda ham qo`l uvishishi kuzatiladi. Tez-tez qo`l uvishishidan bezovta bo`lsangiz, albatta, KARDIOLOG va TERAPEVT shifokor qabuliga boring.

 

Oyoq tomiri tortishsa...

Kechalari oyoq tomiri tortishib, halovatingiz buzilayaptimi? Hoynahoy, og`riq zo`ridan sapchib turayotgandirsiz? Bu holatning tez-tez sodir bo`lishi organizmingizga magniy va kaliy tuzlari, shuningdek, kalsiy etishmayotganini anglatadi. Qolaversa, bo`g`imlar shikastlanishi, ayrim infeksiyalar ta`siri hamda jarohatlar asoratida ham oyoq tomirlarida tortishish kuzatilishi mumkin. Bu holatda kerakli muolajani TERAPEVT shifokoridan bilib olasiz.

 

“Buncha qichinmasangiz?!”

Kunning ma`lum bir qismida yoki vaqti-vaqti bilan tanadagi ayrim a`zolar – qo`l va oyoq kafti, bo`yin, kurak, ko`krak sohasi qichishishi bezovta qilsa, gigiena talablariga urg`u beribgina qolmay, taxminiy sabablarni ham inobatga oling. Teri kasalliklari (ekzema, neyrodermit, qichima), ayrim dori preparatlari ta`siri, me`da-ichak yo`li, jigar, buyrak kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi, qandli diabet kabilarda tana qichishishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek, asab kasalliklari hamda organizmda gijja mavjud bo`lsa ham teri qichishadi. Davosi uchun DERMATOLOG shifokorga murojaat etsangiz, u zarur tibbiy tekshiruvlardan so`ng eng to`g`ri maslahatni beradi.

 

“Tomog`imga nimadir qadaldi”

Ahamiyat bergan bo`lsangiz, qattiq asabiylashganda xuddi tomoqqa nimadir qadalganday bo`ladi. Mutaxassislar fikricha, bu holatning bir necha omillar bilan bog`liqligi bor. Agar asabiylashganda tomoqqa nimadir qadalsa, demak, bu asabdan; xotirjam holatda ham tomoqda yot narsa turganday his etsangiz, qalqonsimon bez faoliyati bilan bog`liq o`zgarishlar yuzaga kelgan; tanovvuldan so`ng qorinda og`irlik, og`izda yoqimsiz ta`m va tomoqqa biror nima qadalishi oshqozon-ichak faoliyati bilan bog`liq; shuningdek, bo`yin umurtqasi bilan bog`liq bezovtaliklarda tomoqqa nimadir qadalgandek hissiyot  bo`lishi mumkin. Tomoq shilliq pardasining  yallig`lanishi, angina yoki o`tkir loringitda ham tomoqda yot narsa turganday tuyuladi. Bezovtaliklar tez-tez sodir bo`lsa, ENDOKRINOLOG, VERTEBROLOG, GASTROENTEROLOG va OTOLORINGOLOG shifokorlarga murojaat qiling.

 

Terapevt Nodira Hamroeva tavsiyalari asosida

Samira ULUG`BEKOVA tayyorladi


Категория: Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati | Просмотров: 1938 | Добавил: admin | Теги: salomatlik sirlari, kekirish, xastalikmi?, kerakli malumotlar, Esnash, tutishi..., qiziqarli malumotlar, hiqichoq, sababi | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 21-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz