Taniqli psixoterapevt M. Geri Nyuman erkak kishi qalbini zabt etishning ilmiy asoslangan usullarini sanab o`tdi. Albatta, mazkur usullar orqali istalgan erkakning qalbiga yo`l topish mumkin, deb kafolat bera olmaymiz, biroq mazkur usullar sizning imkoniyatlaringizni oshiradi.
1. Uning ko`zlariga qarab so`zlang
Garvard universiteti psixologlarining hisoblab chiqishicha, sevishgan juftliklarning 75 foizi bir-birining ko`zlariga tik qarab so`zlashadi. Bu narsa ularning orasida yaqinlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Shunday ekan sevgan odamingiz qarshisida asabiylashib, nigohingizni olib qochmay, unga tik qarab so`zlang.
2. Uni shaxs sifatida qabul qilib, barcha so`zlariga diqqat bilan quloq soling
Nevada va Vashington universiteti mutaxassislarining tadqiqotlari natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, agar siz yaxshi tinglovchi bo`lsangiz, kimningdir sizni yoqtirib qolish imkoniyati yuqori bo`ladi. Odamlar kimdir uni diqqat bilan tinglasa, qiziqish bildirsa, o`sha odamga nisbatan mehr uyg`onadi. Tinglayotganda, uning so`zlarini bo`lmang, xayrixohlik bildiring, mavzuni o`zingizga burmang.
3. Uni yuqori baholang, u o`zini zo`r odam deb his qilsin
Nyumanning hisob-kitobi bo`yicha uning 48 % mijozi juftining uning imkoniyatlarini past baholagani uchun norozi bo`lgan. Sevgan odamingizning har bir harakatidan, aqlidan, fazilatlaridan, yutuqlaridan hayratga tushing, shunda uning butun diqqat-e`tibori sizga qaratiladi.
4. Tez-tez tabassum hadya qiling
Dreyk universiteti olimlari tomonidan o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, tabassum nafaqat inson ko`rkidir, balki tabassum boshqalarni o`ziga rom etish vositasidir ham. Bundan tashqari u sizni g`alabaga erishgan, o`ziga ishongan ayol qiyofasiga kirishingizga yordam beradi.
5. Uning asosiy qiziqishlarini qabul qiling
Agar u baliq tutishga qiziqsa yoki biror bir xobbisi bo`lsa va bu haqda sizga gapirsa, demak u qiziqishlarini siz bilan bo`lishish istagida bo`ladi. Siz uning qiziqishlarini diqqat bilan tinglasangiz, qo`llab-quvvatlasangiz, sizni qadrlay boshlaydi.
|