Bu qiz shunchalar chiroyliki, ota-onasi uni hayotini saqlash maqsadida uydan ko‘chaga chiqarishmaydi.
Qizning ota-onasini tushunsa bo‘ladi, chunki qiz haqiqatdan juda chiroyli, misli qo‘g‘irchoq! Hayotda plastik jarrohlik aralashuvisiz ideal qiyofa juda kam uchraydigan holga aylanib qolgan bizning zamonda….
Ko‘pchilik haligacha qizning chiroyiga plastik jarrohlik aralashmaganiga ishonmaydi. Men unga havas qilmayman deyishim qiyin, biroq havas qilmaydigan jihatlari uning ko‘chaga tan soqchilarsiz chiqa olmasligida!
U hozir 26 yoshda va hali hamon kiyinish borasida onasining yordamiga muhtoj! Aytish joizki, bu dunyo beshafqat! Hayotda ayollarga yomon ko‘z bilan qaraydiganlar yetarlicha topiladi. Shu sababdan ham uning ota- onasini qizlarini ko‘chaga yolg‘iz chiqarishdan qo‘rqishlarini tushunsa bo‘ladi!
Anjelika Kenova hayoti davomida deyarli uydan ko‘chaga chiqmagan. Chiqadigan bo‘lsa ham, albatta bir necha soqchilar kuzatuvida.
Lekin bir savol tug‘iladi: «To‘g‘ri qiz chiroyli, biroq ota-onasi uni qachongacha tirik qo‘g‘irchoq qilib olib o‘tirishadi?» Bu albatta shaxsiy fikrim, ammo hali- amon qiz oddiy hayot tarzidan asrab kelinmoqda.
Bir qarashdayoq qizni Barbi qo‘g‘irchog‘iga o‘xshatgandirsiz, lekin u shuchaki qo‘g‘irchoq emas, tirik insonku. Menimcha, bu oilaga yaxshigina ruhshunos kerak!
Qizning aytishicha, uning go‘zalligi tabiiy ekan, plastik jarrohlik faqatgina tashqi ko‘rinishida jiddiy nuqsoni bo‘lgandagina kerak ekan.
— Meni huddi malikadek voyaga yetqazishgan. Uydan yolg‘iz chiqishimga va yigitlar bilan gaplashishimga yo‘l qo‘yishmagan, ammo bu qachongacha davom etadi bilmayman. Gohida o‘zimni faqat Barbi bo‘lish uchun dunyoga kelgandek his etaman, — deya qo‘shimcha qiladi qiz.
|