Arti xonaga yugurib kiradi. Yash telefonni qo'lida tutib turardi.
Yash: - Sizga doktor Koni xabar jo'natibdi. U taniqli ginekolog tinchlikmi? Arti mazangiz yo'qmi? - deydi.
Arti: - Ha, bir muammo bor, lekin sizga aytolmayman. - deydi.
Yash xonadan chiqib ketadi. Arti yig'lagancha:
- Hayotimdagi eng quvonchli xodisani muammo deb atashga majbur bo'ldim - deydi.
Shobha va Arti shifoxonaga borishadi. Doktor Artiga bolani o'sishida muammo borligini, bola Artini sog'ligiga havf tug'dirayotganini, uni abort qilish kerakligini aytadi.
Arti yig'lab: - Uni saqlab qolishni istayman. Nima desangiz hammasiga roziman. - deydi
Doktor: - Unda operatsiya qilish kerak, lekin buning uchun eringizni roziligi kerak. Chunki bola tug'ish jarayonida o'lib qolishingiz ham mumkin. Shunga eringizni roziligisiz bolani saqlay ollmaysiz. - deydi.
Pari syomkada Pratikni gaplarini o'ylab parishon bo'lib qoladi. Prodyuseri unga dalda beradi. Arti yig'lab yo'lakka chiqadi.
Shobha unga: - Yaxshisi bolangni oldir. Boshqa bolalaringni o'yla. Senga bir narsa bo'lsa, ular nima qiladi? - deydi.
Arti: - Bolani albatta tug'aman. Yash bilan gaplashaman. - deydi.
Uyga borib, Yash bilan endi gaplashmoqchi bo'lganda bolalar kelib, Yashni o'ynashga olib ketishadi. Gaytri Yash va Artiga tumor jo'natadi.
Vithiga: - Bularni Yash va Artiga bog'la. Uni bashoratchi avliyo berdi. Yaqinda Yash va Arti yana bitta farzandli bo'lisharkan. Bu tumor bolani kulfatdan asrarkan! - deydi.
Arti hovlida o'ynayotgan Yash va bolalarni ko'rib, qornini ushlab:
- Sen ham otangni mehr muhabbatiga loyiqsan! Bir kun kelib sen ham aka-opalaring bilan dadang bilan o'ynab yurasan! - deydi.
Shu payt Yash kelib:
- Menga nima demoqchi edingiz? - deydi.
Arti: - Xaligi Mumbaidagi voqea...
Yash: - Bu haqida gaplashishni istamayman! Buni eslashni ham hohlamayman. - deydi
Arti gapini ayta olmay qoladi. Keyin bolalar uyga kiradi. Yash va Arti ularni oyoqlarini yuvayotib, boshlari to'qnashib ketadi. Artiga Shobha qo'ng'iroq qilib:
Yashga aytdingmi? - deydi.
Arti: - Qulay vaqt bo'lishi bilan aytaman! - deydi...
DAVOMI BOR...
|