Yash o'rnidan turib, jangga kirishadi. Taysonni nokautga uchratadi. G'alaba olqishlari yangraydi. Hamma hursand. Ansh yugurib borib, Yashni quchoqlab tabriklaydi.
- Endi yana Mumbaidagiday quvnoq bo'lasizmi? Endi oyimdan hafamasmisiz? Endi birga yashaymizmi? - deydi.
Yash indamay o'rnidan turadi. Arti kelib uni quchoqlaydi. Keyin Arti: - Men endi faqat siz uchun yashayman! - deydi.
Shobha kelib: - Sevging g'alaba qozondi. Bor endi yangi hayot boshlaysan. Bor, Yashga hammasini ayt. - deydi.
Vithi kelib Artini olib ketadi. Uyga borganda Maya: - Yash g'alaba bilan qaytding. Endi odatni qilib, uyga kirasan. Ibodat patnisini keltiring! - deydi.
Vithi: - Marosimni Arti o'tkazsin. - deydi.
Arti marosimni o'tkazadi. Uyga kirgach, Maya Vithiga: - Malham olib kel. - deydi.
Arti malhamni olib kelib, Pratikga beradi.
Pratik: - Yo'q men og'ritib qo'yishdan qo'rqaman. - deydi.
Vithi: - Yashga g'amxo'rlik qilish seni haqqing. - deydi.
Arti malhamni Pankajga beradi. Shu payt Suraj qo'ng'iroq qiladi.
Vithi: - Yash va Arti yarashib olishdi. - deydi.
Suraj Gaytriga aytadi. Gaytri ular bilan gaplashishni xoxlaydi. Telefonni baland ovozga qo'yishadi. Yash va Arti birga gaplashishadi.
Suraj: - Endi urushmay inoq bo'lib yashanglar! - deydi.
Gaytri: - Endi bizga nabira olib kelinglar! - deydi. Yashni rangi o'chib ketadi. Arti qornini tutib qo'yadi. Farzandli bo'lsangiz, munosabatingiz mustahkam bo'ladi deyishadi.
Suraj va Gaytri birga duo qilishadi.
Arti bolalar bilan ko'zboylagich o'ynayotib Yashni tutib oladi. Keyin o'zgarib qolib, bolalarga yetar yotib uhlanglar deb, zarda qilb ketadi. Yash hayron bo'lib qoladi. Pratik va Pari yana urushib qoladi. Pari yana kechki syomkaga ketadi. Pratik pariga daf bo'lishini aytadi.
Yash bolalar bilan yotib o'ylanib qoladi. "Arti hechqachon bolalarga qo'pol gapirmas edi. Nima bo'ldi ekan?"
Arti: - Mendan nafratlanishingizni tushundim. Sizdan uzoqroq yuraman. - deydi.
Yomg'ir yog'adi. Yash Artiga qarab turib: - "Oldin u momoqaldiroqdan qo'rqar edi. Endi e'tibor ham bermayapti. Nima bo'lyapti unga" - deydi.
Arti yostiq ko'rpani olib, divanga borib yotadi.
Ertalab Shobha keladi. Vithini oldida Artini homiladorligini aytib qo'yay deydi.
Arti gapni burib yuboradi.
Shobha: - Nima Yashga haliyam aytmadingmi? O'zi undan Prashant haqidagi gapni yashirdik. Buni ham yashirib, xato qilma! - deydi.
Arti: - Yash buni qanday qabul qilishini bilmayman. O'zi endi o'ziga keldi. - deydi.
Shobha: - Ha. Doktor qo'ng'iroq qildi. Uchrashgani borar ekansan. Senga ham qo'ng'iroq qilibdi. Telefoning qani? - deydi.
Arti: - Uni xonada unutibman. Doktor qo'ng'iroq qilganini Yash ko'rib qolsaya?! - deb qo'rqib ketadi...
DAVOMI BOR...
|