Yana o'yin kulgu bo'ladi. Maya ham chiqib o'ynaydi. Qizlar Artiga "bunday qilma" deyishadi.
Arti: - Yo'q. Yashni baxti menga har narsadan muhim. Men ketsam u baxtli yashaydi. Hechkimga hech gap aytmaysiz! - deb qizlarni qasam ichiradi.
Arti chiroqlarga ilashib qoladi. Yash uni tutib qoladi va chiroqlarni olib tashlaydi.
- Axvolingiz yaxshimi? - deydi.
Arti va Ansh vokzalga keladi.
Ansh: - Oyi sizdan hafaman. Dadamni tug'ilgan kunida yolg'iz tashlab keldingiz. - deydi.
Arti: - Biz o'yin o'ynayapmiz. Biz berkinamiz, dadang topadi. Faqat o'yinimiz 3-4 kunga cho'ziladi. Ko'ramiz, oying yutarmikan yoki dadangmi? - deydi.
Ansh: - Dadam yutadi. U juda kuchli. - deydi.
Arti: - Men ham uni yutishini xoxlardim. - deydi.
Yash mashinada Artiga baqirganlarini eslab ketadi.
Suraj Mayaga: - Arti homiladorligini, uydan ketmoqchiligini bilarmiding? Nega bizga aytmading? - deb baqirib tashlaydi.
- Duo qil. Arti uyga qaytsin. Yo'qsa mendan yaxshilik kutma. - deydi.
Kimdir uyga qo'ng'iroq qilib gapirmaydi. Pariga ham qo'ng'iroq qiladi. Pari ichkariga kirib, prodyuserga qo'ng'iroq qilib:
- Menga ortiq qo'ng'iroq qilma. Ortiq ishlamayman. Sur'atga ham tushmayman - deydi.
Prodyuser: - Sur'atga tushishga kelmasang, birga tushgan rasmlarimizni eringga jo'nataman - deb Pariga dag'dag'a qiladi. Pari esa yig'lagancha o'tirib qoladi.
Arti bilet olib o'zini yomon his qila boshlaydi. Ansh uni skameykaga o'tqazadi. Yash avtostansiyaga kelib, Artini rasmini ko'rsatib, odamlardan uni so'ray boshlaydi.
Bir ayol: - Ular anavi yerda o'tiribdi. - deydi.
Yash yugurib borsa, Ansh va Arti yo'q buladi...
DAVOMI BOR...
|