AQShning eng keksa fuqarosi Adel Danlap 114 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ma`lumotlarga ko`ra, Danlap Flemington shahri yaqinidagi shifoxonada hayotdan ko`z yumdi.
Danlap bundan bir necha oy avval mamlakatda istiqomat qiluvchi eng keksa ayol sifatida qayd etilgan edi.
2016 yilning iyul oyida 113 yoshli Goldi Mikelson hayotdan ko`z yumganidan so`ng Danlap mamalkatning eng keksa ayol fuqarosi bo`lgan edi.
Endilikda AQShning eng keksa ayol fuqarosi sifatida 113 yoshli Delfin Gibson aytilmoqda.
Danlap 1902 yilning 12 dekabrida Nyu-Jersi shtatida dunyoga kelgan. Uning bolaligi ikki Jahon urushi davriga to`g`ri keldi. U yashagan davrda 20 marta prezident almashdi. Adel har doim o`zining uzoq umr ko`rish sababini bilmasligini aytar edi.
Turmushga chiqquniga qadar u maktabda dars bergan. Keyin esa umrini oilasiga bag`ishlagan va uch nafar farzandni o`stirgan. Danlap turmush o`rtog`idan 54 yil ko`proq yashadi.
|