AQShda Adolf Gitlerning shaxsiy telefoni auksion savdosiga qo`yildi, deya xabar beriladi Alexander Historical Auctions auksion uyi saytida.
Gitlerga sovg`a qilingan Siemens telefoni vermaxtning sovg`asi bo`lgan. 1945 yilda sovet askarlari uni Gitlerning bunkeridan topishdi va apparatni 70 yildan ortiq uyida saqlagan britaniyalik ofiserga berishdi.
Auksion uyi ushbu lotni millionlab insonlarning hayotiga nuqta qo`ygan barcha davrlarning eng vayronakor “quroli” deb atadi. Telefonning boshlang`ich bahosi — 200-300 ming dollar.
Auksion 19 fevral kuni bo`lib o`tadi. Telefondan tashqari, u erda boshqa buyumlar ham sotiladi.
|