Ispaniya chempionati 24-turidan o`rin olgan “Alaves” va “Valensiya” klublari o`rtasidagi o`yin o`z yakuniga etdi. Unda “ko`rshapalaklar” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida Soler hisobni ochgan bo`lsa, 78-daqiqada Ibai Gomes muvozanatni tikladi. 86-daqiqada Katai “Alaves”ga g`alaba ketlirgan gol muallifi bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, ikki kun avval “Valensiya” La Liganing qoldirilgan 16-turida “Real”ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi.
Ispaniya chempionati, 24-tur
Alaves – Valensiya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 70 Soler, 1:1 – 78 Ibai Gomes, 2:1 – 86 Katai.
Alaves – Pacheko, Laguardia, Teo, Feddal, Markos Lorente, Femeniya, Kamarasa (Katai, 85), Manu Garsiya, Ibai Gomes, Santos (Sobrino, 61), Tokero (Romero, 75).
Valensiya – Diego Alves, Joau Kanselu, Abdennur, Garay, Sikeyra, Soler (Bakkali, 88), Parexo, Suares (Nacho Xil, 88), Orelyana, Munir (Peres, 67), Dzadza.
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (16), Manu Garsiya (18), Markos Lorente (41), Teo (42), Laguardia (68), Soler (75), Orelyana (77).
Chetlatish: Orelyana (88).
Manba: Darakchi.uz
|