Nonushta — eng muhim ovqatlanish pallasidir. Biroq budilnik va yaqinlaringiz sizni uyg‘otmagan, 10 daqiqadan keyin ishga yugurish kerak bo‘lsa, nonushtaga qanday taom tayyorlash mumkin? Bunday vaziyatda oddiy retseptlar sizga yordamga keladi.
Mikroto‘lqinli pechda keks
Zarur masalliqlar:
- un — 3 osh qoshiq;
- tez eriydigan qahva — 1 choy qoshiq;
- kakao kukuni — 2 osh qoshiq;
- shakar — 3 osh qoshiq;
- razrixlitel — 1/4 choy qoshiq;
- sut — 2 osh qoshiq;
- tuxum — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- vanilin — yarim choy qoshiq.
Tayyorlanishi:
Un, qahva, kakao kukuni, shakar va razrixlitelni yaxshilab aralashtiramiz. Unga sut, tuxum, yog‘ va vanilin qo‘shamiz. Barchasi bir xil shaklga kirgunga qadar sanchqi bilan aralashtiramiz.
Hosil bo‘lgan aralashmani yog‘langan keramik krujkaga qo‘yib, yuqori rejimga taxminan 90 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yamiz. Asosiysi, keks pechda keragidan ortiq turib qolmasligi lozim.
Bu mazali va tezda tayyor bo‘ladigan desertni o‘zini ham, shuningdek, muzqaymoq, murabbo yoki ko‘pirtirilgan qaymoq bilan tanovul qilish mumkin.
Bolalarga bunday shirinlik albatta manzur bo‘ladi!
Manba: Daryo.uz
Manba: Ayol.uz
|