Sochlaringiz uzunligi bir tekis bo`lmasa va ular ertalab biroz to`lqinsimon bo`lib qolgan bo`lsa, quyidagi turmak aynan siz uchun.
1. Sochingizning yuqori qismini olib qo`yib, qolganini bir tutam qilib tuging. Keyin tasmadan yana bir bor o`tkazib, soch uchlarini to`g`nog`ich bilan mustahkamlang.
2. Yon tomondan bir tutam soch tolalarini olib, qo`lingiz bilan aylantiring.
3. Endi asosiy tugilgan tutamning ustiga olib kelib, to`g`nog`ich bilan mustahkamlang.
4. Ikki tomondan xuddi shunday soch tutamlarini olib, o`rab, ustma-ust sochto`g`nog`ich qadab boring.
5. Sochlaringiz old qismiga hajm bering.
6. Bir necha tola sochlaringizni yuzingizga tushirib, hajm berilgan soch tolalarini asosiy turmakka sochto`g`nog`ich bilan mustahkamlang.
|