26 fevral kuni xalqasimon Quyosh tutilishi ro`y beradi, deb xabar berdi“Tvzvezda.ru” nashri.
Oy Quyosh gardishi ustidan o`tsa-da, uni to`liq yopa olmaydi, natijada tabiiy yo`ldoshning yopilmagan qismi yorqin xalqani hosil qiladi. Shunga qaramay, osmon yorug`ligicha qoladi. Xalqasimon faza chizig`ini Tinch va Atlantik okean akvatoriyasida, shuningdek, Janubiy Amerikaning janubiy qismida va Afrikada ko`rish mumkin. Bu tutilish O`zbekistonda ko`rinmaydi.
Bu yil boshidan beri ilk Quyosh tutilishidir, ikkinchi marotaba uni 21 avgust kuni AQShda ko`rish mumkin bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
|