Beeline aloqa operatori 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab Unitel MChJ va Buzton QK xizmatlariga barcha tariflar milliy valyutada o‘rnatilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Hukumatga joriy yil 5 sentyabrdan yo‘lga qo‘yilayotgan valyuta siyosati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab-chiqish topshirig‘ini berdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy saytida.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli farmonni imzoladi.