O‘zbekiston prezidenti Hukumatga joriy yil 5 sentyabrdan yo‘lga qo‘yilayotgan valyuta siyosati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab-chiqish topshirig‘ini berdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy saytida.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir haftalik muddat ichida valyuta siyosati liberallashtirilishi bo‘yicha yuzaga keladigan ta’sir choralarni yumshatish bo‘yicha hukumat qarorlari loyihasini ishlab chiqishlari va tasdiqlatish uchun kiritishlari lozim.
Prezident farmoniga muvofiq, huquq-tartibot organlariga respublika hududida naqd xorijiy valyutasining noqonunniy aylanmasi va ular bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirilishining oldini olish vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, Mirziyoyev ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari narxlari ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha respublika va hududiy komissiyalarga oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarini tekshirishni kuchaytirish yo‘li bilan narxlar barqarorligini ta’minlashni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5 sentyabrdan valyuta almashtirish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Ya’ni Mirziyoyev imzolagan yangi Farmonga muvofiq O‘zbekiston jismoniy shaxslari valyuta almashtirish punktlarida xorijiy valyutani erkin sotishlari hamda tijorat banklari konversion bo‘limlarida xorijiy valyutani xalqaro to‘lov kartalariga sotib olib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.
Manba: Zamin.uz
|