Zarur masalliqlar: korj uchun: 450 gr. uvalanadigan pechene, 200 grammdan sariyog` va qora shokolad, 7 osh qoshiq qaymoq;tvorogli aralashma uchun: 500 grammdan tvorog va smetana, 100 gr. istalgan yong`oq mag`zi, 70 ml. qaymoq, 15 gr. jelatin, 1 gr. vanilin.
Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni yaxshilab ezing. Xona haroratida yumshatilgan sariyog` qo`shing. Yaxshilab aralashtirgach, aylana shakldagi chuqurroq qolipga pishiriq qog`ozi joylab, ustiga aralashmani soling.
2. Shokoladni maydalab, qaymoq qo`shing-da, suv bug`iga tutib aralashtiring. So`ngra pecheneli korj ustiga solib, yuzasini tekislang. Va muzlatkichga qo`ying.
3. Tvorogli aralashma uchun qaymoqqa jelatinni qo`shib, 30 daqiqagacha bo`ktirib qo`ying. Keyin jelatin eriguncha olovga qo`ying. Faqat qaynab ketmasin.
4. Tvorogni shakar bilan yaxshilab aralashtiring. Smetana qo`shib ko`pirtiring. Jelatinli qaymoq va vanilinni ham soling. Keyin tortning ustiga solib, maydalab qovurilgan yong`oq mag`zini seping. Va muzlatkichga qo`ying.
4 soat
6 kishilik
|