Zarur masalliqlar: 250 gr. olcha murabbosi, 150 gr. un, 2 osh qoshiqdan kakoa kukuni va shakar, 2 choy qoshiq yumshatgich, 1 dona tuxum, 150 ml. quyiltirilgan sut (sgushyonka), 50 gr. sariyog`.
Glazur uchun: 150 gr. shokolad, 150 ml. qaymoq.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum oqni ko`pirtirib, yumshatilgan sariyog`, sut qo`shing. Un, kakoa kukuni, yumshatgich va shakarni aralashtirib, uni ham qo`shing.
2. Murabbodagi olchani danagidan ajratib, xamirga qo`shing. Xamirni kichkina silikon qolipchalarga solib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida yarim soat davomida pishiring.
3. Shokoladni bo`laklab, bug`da eriting. Qaymoqni qo`pirtirib, eritilgan shokoladga qo`shing.
4. Pishgan kesklarni rasmdagidek qog`oz qolipchalarga solib, ustiga glazur surting va konservalangan olcha donalari bilan bezang.
Silikon qolipdan pishiriqni chiqarib olish uchun qolipning chekkalarini salgina bukish kifoya, shunda keksning o`zi likopga sakrab chiqadi.
|