Husnbuzar yuzingizning qaysi sohasida paydo bo`lganiga ko`ra, organizmingiz uchun qanday muolaja kerakligini bilishingiz mumkin. Demak, ko`zgu qarshisiga turing-da, suratda ko`rsatilganidek, yuz sohalariga diqqat qiling. Agar:
- husnbuzar peshana markazida bo`lsa, ingichka ichak bilan bog`liq muammolar borligidan darak;
- peshana chakkasidagisi siydik qopi muammolarini aks ettiradi;
- qoshlarning yuqorisida paydo bo`lgani yurak-qon tomir faoliyatida bezovtalik borligi nishonasi;
- qoshlar o`rtasidan chiqqani jigaringizdagi o`zgarishlardan xabarchi;
- ko`z osti qopchalarida bo`lsa, buyrakdagi muammolardan ogohlantiradi;
- burun ustidagisi oshqozonosti bezi faoliyatida o`zgarishlar kuzatilayotganidan darak beradi;
- yuzning o`rta qismiga toshgani qorin va ichaklar faoliyati ta`sirida yuz beradi;
- lab usti bo`lsa, yurak bilan bog`liq muammolarni anglatadi;
- lablarning ikki yon tarafidan paydo bo`lgani yo`g`on ichakdagi muammolarni bartaraf etishga chorlaydi;
- jag` ustidan chiqqani o`pkadagi shamollash yoki biror kasallik alomati bo`lishi mumkin;
- dahan sohasidagi husnbuzarni kichik tos suyagi bilan bog`liq deya baholashadi.
|