Bo‘lajak onalar ko‘pincha kechalari oyoq tomirlarining tortishishidan aziyat chekadilar. Buning sabablari va choralarini quyida sanab o‘tamiz.
1. Oyoq tomirlari tortishganda karavotga yoting-da, oyoqlarni asta buking va qo‘yib yuboring, toki og‘riq ketguncha mashqni asta-sekinlik bilan davom ettiring.
2. Agar shunda ham qolmasa, oyoqlarni uqalang, agar bu sizga noqulaylik tug‘dirsa, turmush o‘rtog‘ingizdan iltimos qiling.
3. Tomir tortishib turgan joyga dorixonalardan topish mumkin bo‘lgan xantalni namlab yopishtiring. Xantal oyoq mushaklarini qizdirib, tinchlantiradi.
4. Shuningdek, dorixonalarda sotiluvchi muzlatuvchi gelь kremlardan harid qiling. Ammo avval yo‘riqnomasini yaxshilab o‘qib chiqing, agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tomir tortishayotgan joyga geldan surting, mushaklar tinchlanadi.
5. Ovqatlanish ratsioningizga magniy va kaliyga boy mahsulotlarni: kartoshka, grechixa bo‘tqasi, tarvuz, shokolad, banan, o‘rik turshagi, mayiz va yong‘oqlarni kiriting.
6. Oyoq uchun uxlash oldidan kontrast vannalar qabul qiling. Ammo issiq va sovuq orasidagi farq 5 darajadan oshmasligi lozim. Suvga dengiz tuzlaridan solib yuborsangiz ular mushaklar bo‘shashishiga yordam beradi.
|