“Real Madrid” jamoasi rahbariyati Shvesiyaning AIK klubi hujumchisi Aleksander Isakni o`z safiga qo`shib olmoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchining transferi uchun madridliklar 10 million evrodan voz kechishga tayyor. “Qirollik klub” 17 yoshli futbolchi bilan shu haftada shartnoma imzolashni kutilmoqda.
Futbolchining agenti ertaga, 18 yanvar kuni Ispaniyaga kelishi ko`zda tutilgan. “Real” yangi futbolchilarni sotib olishga qo`yilgan ta`qiq tufayli Isakni asosiy tarkibga qo`sha olmaydi.
Shu sababli futbolchi yozda “Real” o`rinbosarlari bo`lgan “Kastilya” safida vaqtincha to`p suradi.
|