Zarur masalliqlar: xamiriga: 2 stakan un, 250 gr. yong`oq mag`zi, 100 gr. sariyog`, 2 dona tuxum sarig`i, 4 osh qoshiq shakar, 3 osh qoshiq sut; ichiga solishga: 200 gr. shakar, 4 dona tuxum oqi, 2 o`ram vanilinli puding; olmali atirgul uchun: 3 dona olma, 1 stakan shakar, 3 stakan suv.
Tayyorlanishi: 1. Yong`oq mag`zini blenderda ezing. Shakar, yumshatilgan sariyog`, tuxum sarig`i va sutni qo`shing. Yaxshilab aralashtirgach, xamiryumshatgich va un qo`shing. Xamirga sellofan yopib qo`ying.
2. Olmani yarim oy shaklida yupqalab to`g`rang.
3. Suvga shakar qo`shib qaynating-da, olma bo`laklarini soling. 3 daqiqa olovda qoldiring. So`ngra olmalarni qiyomdan oling.
4. Aylana shakldagi qolipga pishiriq qog`ozini joylang. Ustidan yong`oqli xamirni solib, 3 sm. qalinlikda qo`lingiz bilan yoyib chiqing.
5. Tuxum oqini shakar bilan yaxshilab ko`pirtiring. Vanilinli pudingni ham qo`shib, ko`pirtirishda davom eting. So`ngra xamir ustidan soling. Olma bo`laklarini shakarga botirib, atirgullar yasang-da, pirog ustiga joylang. Shirinligimiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqada pishadi. Dasturxonga sovigach tortishni maslahat beramiz.
12 kishilik
1 soatu 25 daqiqa
|