Yaqin kunlarda to`yga yoki biror oqshomga otlanayapsizmi?Qanday pardoz qilsam ekan, deb boshingiz qotganmi, unda ushbu pardozni sinab ko`ring. Bu pardoz uchun sizga kulrang, tillarang va qora tenlar, tush, qora qalam hamda lavlagirang lab bo`yog`i kerak bo`ladi.
1. Qovoqlar burchagiga qora tendan yupqaroq qilib surting.
2. Endi qovoqning markazini kulrang ten bilan yaxshilab bo`yang.
3. Ustki qovoqning ichki burchagiga tillarang tendan surting.
4. Gal pastki qovoqlarga ham etib keldi. Qora qalamni kipriklar tagiga surting, qalam atrofini kulrang ten bilan bo`yang, burchagini esa qora ten bilan.
5. Lablarga ham alohida urg`u bering. Lavlagirang lab bo`yog`idan qalin qilib surting, cho`chimang, axir bu bayramona pardoz-ku.
6. Kipriklarga ikki qavat qilib tush surtib, pardozni yakunlang. Go`zalligingizga ko`z tegmasin!
|