Ko‘pchiligimiz tish pastasidan asosan tishlarni tozalashda foydalanamiz. Ammo uning yana boshqa xususiyatlari borligi haqida bilasizmi?
* Hasharotlar chaqqanda surtilsa, tezda zaxrini oladi.
* Olovdan, issiq suv va bug‘dan kuyganda surtilsa, jarohatni muzlatadi, og‘riqni qoldiradi.
* Gelli tish pastalari xurpaygan sochlarni silliqlaydi.
* Kiyim va gilamlardagi ketishi qiyin bo‘lgan dog‘larni oson ketkizadi.
* Rangli qalam va flomasterdan devorga chizilgan chiziqlarni o‘chirishda ham tish pastasi eng yaxshi vosita.
* Kumush idishlar yuvilsa, tabiiy jilo beradi.
* Diskdagi kir va dog‘larni tozalashda ham samarali.
* Kirlangan kompyuter klavishlari artilsa, yangidek bo‘ladi.
* Kuygan temir idish va chovgumlarni yuvilsa, yaltirab jilo beradi.
* Suv ko‘zoynagini namlanishdan himoya qiladi.
* Shisha idishidagi choy va ovqat qoldiqlarini, noxush hidlarni oson ketkizadi.
SAMO tayyorladi.
|