Вверх
Понедельник, 25-Ноября-2024, 01:17
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 15 » «Qizni uyning o`g`risi derlar...»
Рекомендуемы
18:22
«Qizni uyning o`g`risi derlar...»

Sarlavhani o`qib, hayron qoldingizmi? Yo tasdiqladingizmi? Aslida har doim ham ota uyidan kelinlik xonadoniga narsa tashiydigan qizlarni o`g`ri atab bo`lmaydi. Vaziyat taqozosi degan gaplar ham bor. Bugun «Mening oilam»da «o`g`ri» qizlar, ta`magir qaynonalar, qizg`anchiq kelinoyilar va noiloj onalar mavzusini tahlil qilamiz.

«Uning eri ishlamasa, biz boqishimiz kerakmi?»

— Turmush o`rtog`im yolg`iz o`g`il, birgina singlisi bor. Qaynsinglimning turmushga chiqqaniga besh yil bo`layapti, ammo hamon bizning qaramog`imizda. To`g`ri, erimning topish-tutishi yaxshi, qaynota-qaynonam ham ro`zg`orga yordam berishadi. Biroq qachongacha biz uning o`zi-yu, eri, ikki bolasini boqamiz. Uyga kelsa, ro`zg`orning yarmini ko`tarib ketadi. Na so`rashni biladi, na uyalishni. Mana, o`tgan hafta ham mehmonga kelib, uch kun qolib ketdi. Ketganidan so`ng muzlatkichni ochib qarasam, ship-shiydon. Alam ustida qaynonamga «O`tgan kungina bozorlik qilgandik, hech narsa qolmapti-ku», deya aytsam, «Muborak ham ijara uyda qiynalib qoldi, bolalarim yaxshi esin, deydi-da u ham. Kuyovning ishlari yurishib ketsa, yaxshi bo`lib ketar», deb qizini oqlab qo`ya qoldi. Bu ketishda uyimizda baraka qolmaydi-ku! Nima, er-xotin ikkimizning orzu-havasimiz yo`qmi? Umuman qaynsinglim qachongacha bizga boqimanda bo`ladi? Bu odatiga nuqta qo`ymasam, bir umr og`irligini akasiga tashlab yashamaydimi?

Xumora, 32 yosh

Mulohaza: — Xumora, to`g`ri, qiz bolaning kelin bo`lgach ham, ota uyiga moddiy jihatdan bog`liq bo`lishi yaxshimas. Ammo hayot ba`zida shuni talab etadi. Qaynsinglingizga ham kelinoyisining ko`ziga balodek ko`rinish yoqmasa kerak? U ham to`lib-toshib ota-onasidan xabar olib ketishni istar. Biroq qo`li qisqaligi uchun aksini qilar. Kuyovlaringizning ishi yurishmayotgan bo`lsa, buning ustiga, ikki yosh bola bilan ijara uyda qiynalib qolgandir. Siz o`zingizga qarab xulosa qilmang, turmush o`rtog`ingiz yaxshi toparkan, qaynota-qaynonangiz ro`zg`orning bir uchini ko`tarisharkan, boshingizda boshpanangiz bor. Qaynsinglingizning vaziyati esa aksincha. Bag`rikeng bo`ling. Ikki yosh bolasi bilan uyingizda uch kun mehmon bo`lishsa, kambag`al bo`lib qolmaysiz. Sizdan so`rab narsa olmasa, demak, uyalar, uyalganini sizga ko`rsatishni istamas. «Unim yo`q, bunim yo`q», deb sizga aytsa, ko`ngli beshbattar ezilar, yoxud eridan nolib, sizlarga oilasini yomon ko`rsatishni xohlamas. Xullas, qo`li ochiq bo`ling, qaynonangiz, eringizning yuziga qaynsinglingizning harakatlarini solmang, o`zingizga yomon qilasiz. Yolg`izgina qizi, yolg`izgina singlisiga ularning mehribonligi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Yaxshisi, kuyovga yaxshi ish topishga yordam bering. Ya`ni eringiz orqali ta`sir o`tkazing. Qaynsinglingizning ham ishlash imkoni bo`lsa, unga ham opalarcha yo`l-yo`riq ko`rsating. Ishoning, ular sizdan, albatta, minnatdor bo`ladi. Odamlar begonani qo`llab, begonalardan yordamini ayamayotgan bir paytda, eringizning jigariga nisbatan bunday munosabat bilidirishingiz to`g`rimas. Siz uni nochor paytda qo`llang, rizqingiz, oiladagi kelinlik mavqeyingiz yanada baland bo`ladi.  

 

«Uyga qaytganimda, qo`limga qarab o`tirishadi...»

— Turmushga chiqqanimga, mana, besh yil bo`layapti. Hamon yangi kelinlardek ota uyga borganimda to`lib-toshib qaytishim shart. Bo`lmasa, qaynonamning qovog`idan bir hafta qor yog`adi. Mendan katta ikki ovsinim o`ziga to`q oilaning qizlari bo`lgani uchunmi, qaynonam quda tomondan keladigan tog`oralarga o`ch bo`lib qolgan. To`g`risi, ota uyimning moddiy ahvoli unchalik ham zo`r emas. Ikki akam bola-chaqasi bilan bir hovlida siqilib yashayapti. Hozir topgan-tutganlarini o`rtaga tashlab, uy olish tashvishida. Shu sabab katta akam, ikki yildirki, xorijda. Har borganimda ota-onamning boshiga soliq solishim kelinoyilarimga yoqmasligi turgan gap. Ammo nima qilay, men ham uyimning tinchini o`ylayman...

Shohista, 26 yosh

Mulohaza: — Shohista, uyning tinchini o`ylagan ayol, avvalo, boshqaning oilasining tinchiga soya solmaydi. O`zingiz hammasini tan olib, tushunib turibsiz, lekin och qornim, tinch qulog`im qabilida ish tutib kelayapsiz. Ongingizga «Uyga qaytganimda qo`lim to`lib qaytmasam, qaynonam urishadi, keyin oilam darz ketadi. Ota-onam, akalarim esa meni tinch yashashim uchun ta`minlab turishlari shart», degan tushuncha o`rnashib qolgan. Sizga shu tushuncha bilan yashash va harakatlanish qulay. Chunki ortiqcha tashvishlar, ortiqcha urinishlardan holisiz. Qaynonangizga yoqish uchun harakat qilmaysiz, u kishining og`zini tog`ora bilan yopsangiz bas. Akalaringizning qiynalganini bilsangiz ham, ota-onangizga soliq solishdan to`xtamaysiz. Axir boshqa ilojingiz yo`q-da. Yo`q. Aslida bor. Ikki ovsiningizdan kam bo`lmaslikni o`ylab, tog`orani to`ldirib kelishni to`xtating. Asta-asta. Bir borganingizda ovqat emas, oddiy shirinlik ko`tarib kelishdan boshlang. Qaynonangizni sekin-sekin o`rgating. Agar haqiqatda ko`zi och ayolga kelin bo`lgan bo`lsangiz, ota-onangiz, akalaringizning hisobidan emas, eringiz yoki o`zingizning hisobingizdan amalga oshiring bu «poraxo`rlik»ni. Faqat me`yori bilan! Umuman, siz kelin sifatida o`zingizni boshqa tomonlama, mehnatingiz, shirinso`zligingiz, uddaburonligingiz bilan yuzaga chiqara olsangiz, «tog`ora o`yinlari»ga barham berishingiz mumkin.

 

«Qizimni ko`zim qiymaydi...»

— Aslida hamma gap o`zimda. Qizimni erka, tantiq qilib tarbiyalaganman. Uzatganimdan keyin tarbiyada tuzatib bo`lmas xatolarga yo`l qo`yganimni bilib, tilimni tishlab o`tiribman. Uyga kelsa, jonim bezillab turadigan bo`lgan. Ko`ziga nima chiroyli ko`rinsa, qo`liga nima ilinsa, ko`tarib ketadi. Bermasam, xafa bo`ladi. Kichik o`g`ilimni uylantirsam, deb olib qo`ygan sarpolarimning boshiga etib bo`ldi. Mana, keyingi hafta qaynopasi qizini uzatayapti. Kelin yanga bo`layapman deb, nafaqa pulimni oxirgi tiyinigacha olib ketdi. Kelinim buni bilgach,  janjal ko`tardi. «Menga nuqul, kelin, siz to`xtab turing, to`y qilib olaylik, deb aytasiz, na biror joyim og`risa, davolanishga pul berasiz, na ust-bosh olishimga ruxsat. Bunaqa bo`ladigan bo`lsa, erimning oyligini ham, dekret pulimni ham bizdan olmang», dedi. O`g`lim ham xotinining gapiga kirib, «Singlim uyga tinch kelib ketsa, kelsin, bo`lmasa, uyida o`tirsin. Men ham mashina olmoqchiman, bo`ldi, to`yga emas, mashinaga pul yig`aman», deb aytdi. Bu gaplardan juda xafa bo`ldim. Bir boshim bilan o`stirgan bolalarim nahot bir-biriga qayishmasa? Nahot ko`rpani hamma o`zi tomonga tortsa, birimiz ikki bo`lmasligini tushunishmasa?

Marg`uba, 49 yosh

Mulohaza: — Ha, ko`rpani hamma o`z tomoniga tortsa, uyingiz uy bo`lmaydi. Bu tortishishni aslida o`zingiz boshlab bergansiz. Ya`ni bolalaringizga munosabatda adolat qilolmayapsiz. Tashingizda tan olmasangiz-da, ichingizda, men qizimni ta`minlab o`tiribman, kelinning ham ota-onasi bor, degan fikr hukmron. Shuning uchun joni og`risa ham, «Kichik o`g`limni uylantirishim kerak, chidang», deysiz, biror nimaga ehtiyoj tug`ilsa ham, shu gapni takrorlaysiz. Sizga qolsa, uni ham ota-onasi ta`minlasa. Aslida-ku qizingizning bu qilig`idan o`zingiz ham kuyib o`tiribsiz. Yaxshimas, xunuk odatligini tan olayapsiz. Nega uni to`xtatmaysiz? Xafa bo`ladi, debmi? Chegarani chiroyli qilib chizib ko`rsatib bering. Bir kun xafa bo`lar, ikki kun xafa bo`lar, uchinchi kun, onasisiz-ku, tushunadi. Oilangizdagi tinchlikni, moddiy muvozanatni saqlash uchun erkatoyingizning istaklarini chegaralamasangiz bo`lmaydi. Buning ustiga, qizingiz erining uyiga narsa tashib obro` topmaydi. Uning ham xonadonining tinchi buzilishi mumkin. Hamma qaynonalar ham ta`magir emas. Hamma kuyovlarga ham xotinining hamon akalariga bo`yinturuq ekanligi yoqmaydi. Bu erkakning g`ururiga tegadi.

O`g`lingizning gaplariga kelsak, u ham jahl ustida gapirgan. Buni xotinining izmiga yurishga o`yib, hosil bo`layotgan jarlikni kattalashtirmang. Buni oilaviy byudjetni qayta rejalashtirishim va o`g`illarim bilan bamaslahat sarflash payti kelibdi, deb tushuning. Umuman o`g`illaringizga moddiy tomonlama erkinlik beradigan payt etdi. Shu bilan mas`uliyatni ularning bo`yniga yuklashingingizga imkon tug`iladi.

MUXLISA 


Категория: Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar | Просмотров: 1709 | Добавил: admin | Теги: qizlar haqida malumotlar, qiz uyning o'g'risi, qizlar haqida, qiz bola haqida, fikr mulohazalar, yangi malumotlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Понедельник 25-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz