Olti oygacha bo`lgan bolalarda so`lakning ko`p ajralishi ham tabiiy holat. Lekin bu davrdan o`tgan bolalarda ko`p so`lak ajralishiga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin.
1. Tish chiqishi
Tish chiqishi qiyin va og`riqli kechishi. Bolada tish chiqishini osonlashtirish uchun unga maxsus silikon o`yinchoq bering.
2. So`lakni yuta olmaslik
Bunday patologiya 1-2 yoshdagi, allergiyaga moyil bo`lgan bolalarda kuzatiladi. Kichkintoyni darov LOR shifokoriga ko`rsating, shuningdek logoped va allergolog maslahatlarini olish ham tavsiya etiladi. Bu muammoga iloji boricha tezroq echim toping, aks holda bolada nutq bilan bog`liq muammolar paydo bo`ladi.
3. Og`iz bo`shlig`idagi kasalliklar
Eng ko`p tarqalganlari stomatit va gingivitdir. ²ar qanday og`iz bo`shlig`i kasalliklarida bolani pediatr va stomatolog ko`rigiga olib boring.
4. Zaharlanish
Bolakay kimyoviy ta`sirga ega moddalarni yutib yuborganida unda xaddan ziyod ko`p so`lak ajralishi kuzatiladi. Bunday paytda tez yordamni chaqirishga shoshiling.
5. Oshqozon-ichak kasalliklarida
Oshqozon yarasi, pankreatit, gijjalar, ovqatdan zaharlanish va infeksion kasalliklari. Bolangiz me`yordan ortiq so`lak ajrata boshlasa, uni pediatr ko`rigiga olib borib, tahlilga qon topshiring va qorinchasini nima bezovta qilayotganini aniqlang.
6. Asab xastaliklari
Agar yuqoridagilarning hech biri bolada kuzatilmasa, ammo so`lak ajralishi me`yordan ortiq bo`lsa, farzandingizda asab o`zgarishlari mavjud bo`lishi mumkin. Bolakayni nevropatolog ko`rigiga olib boring.
|