To'g'ri ovqatlanish bo'yicha mutaxassislarning fikricha, teri go'zal va yosh ko'rinishga ega bo'lishi uchun quyidagi oddiy tamoyillarga amal qilsa bo'lar ekan.
Apelsin, olcha, qulupnay va boshqa yorqin rangdagi mevalar go'zal teri uchun eng kerakli vitamin C va karotinga boy ekan. Baliq, avokado va pista esa terini kerakli namlikda ushlab turishga yordam berar ekan.
Ushbu mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilib, qovurilgan go'sht, shirinliklar, oq nondan voz kechish go'zal terini hoxlaydiganlar uchun eng samarali yo'l ekan.
Manba: Uzbaby.uz
|