Xuseyn o'ylanib o'tirsa Fehime keladi. Ular oilasida bo'layotgan hodisalarni muhokama qilishadi. Shu payt Tarik va Zeynep kirib kelishadi. Ularning ortidan esa Kemal.
Fehime choy damlashini aytib Zeynep bilan kirib ketadi. Tarik ham ularning ortidan kirib ketadi. Kemal endi kirib ketmoqchi bo'lganida dadasi uni to'xtatadi.
Xuseyn o'g'li Kemalni doimo to'g'ri ish tutishini lekin bugun uning muvaffaqqiyasizlikka yuz tutayotganini aytadi. Kemal yig'lagancha dadasini bag'riga bosadi.
Kemal dadasi bilan biroz dardlashadi.
- Nihan Ko'zchiog'lu endi men uchun hechkim. U o'zining yo'lini tanladi. U Emir Ko'zchiog'luni tanladi. Barchasi tugadi. - deydi Kemal.
Fehime bu gaplarni derazadan eshitib turadi. Uzukni qo'liga oladi va:
- Umid qilamanki, shunday bo'ladi o'glim. Umid qilaman. - deb, uzukni Kemalni ko'ylagini cho'ntagiga solib qo'yadi.
Nihan ukasi Ozanni uxlatib hayolga cho'madi:
Nihanning yoniga kabutar uchib keladi.
- Ohoo... Sen kimsan? Mana bunday. Ana bo'ldi.
Nihan shunday degancha kabutar oyog'idan xatni yechib oladi. Bog'da tursa Kemal uning yoniga keladi. Ular baxtli edilar. Ular gaplashib turishsa, qorovulning baqirganini eshitib qolishadi. Kemal tezda yashirinadi. Nihan qorovulga o'zi ekanligini aytadi. Qorovul ketgach, Nihan Kemalni chaqiradi. Kemal Nihanning ortidan yugurib keladi.
Tong otdi. Nihan xonasida o'yga toladi. Kemal ham ishga ketishga tayyorlanmoqda. Kemalga Leyla qo'ng'iroq qiladi. Ular gaplashib bo'lishgach, Kemal shosha-pisha ishga otlanadi.
Yana Kemalning telefoni jiringlaydi. Qarasa Asu qo'ng'iroq qilgan bo'ladi. U bilan gaplashib, mashinaga o'tirib yoniga qarasa, mashinada Asu o'tirgan bo'ladi.
Kemal Asu bilan Ko'zchiog'lular xonadoniga boradi. Nihan bilan birga turgan Emir Kemal va Asuni ko'rib qoladi va:
- Ko'mir shaxzodasi yolg'iz kelmaganga o'xshaydi - deydi.
Nihan ortiga o'girilib qarasa Kemal latofatli Asu bilan birgalikda keladi. Hamma ularga qaraydi.
Asu va Kemal hamma bilan salomlashib chiqishadi. Asu Kemalning hamkori ekanini aytadi.
Emir: - Haqqi Bey adashib bu farishtani qanaqasiga bu yerga ishonib yubordi ekan?
Asu: - Kemalga ishonadilar. U bizni doim qo'llab quvvatlagan.
Emir va Kemal biroz gaplashib qoladi.
Nihan: - Siz aniq Zumbuldakdanmisiz?
Asu: - Ha. Yana 5 yil avval Londonda o'qiganman. O'qish yakunlangach, men qaytdim va men uni ko'rdim.
Nihan: - Men o'ylabmanki, sizlar shunchaki hamkorsizlar.
Asu: - U mening do'stim, hamkorim. U mening borlig'im.
Kemal barchani sovg'aga e'tibor qaratishini so'raydi.
Vildan: - Sovg'ani ichkariga olib kiringlar.
Emir: - Yo'q. Men sovg'amni shu yerda ko'rmoqchiman.
Kemal: - Bu sovg'a siz uchun emas. Bu sovg'a Nihan xonim uchun. Ya'ni uy bekasi uchun.
Nihan: - Rahmat.
Nihan borib, sovg'aning ustidagi qog'ozni ocha boshlaydi. Hammaning e'tibori sovg'a va Nihanda. Nihan sovg'ani ochib, undagi rasmga qarab og'zi ochilib qoladi. Chunki rasmda suv ostida cho'kib ketayotgan qizni qutqargani tushayotgan yigit tasvirlangan edi. Bu rasmni Nihanning o'zi chizgan edi.
Nihan rasmni chizgan paytlarni eslaydi.
Emir rasmdagi yozuvga qarab hayron qoladi. Vildan Nihan bu rasmni ancha avval chizganini aytadi. Kemal esa uni bir necha yil avval sotib olganini aytadi.
Kemal Asuga biroz kutib turishini aytib, ichkariga kirib ketadi. Asu ortida Nihan va dugonasi gaplashganini eshitib biroz shubxaga tushadi. Fursatdan foydalanib, Emir Asu bilan suxbatga kirishadi.
Nihan biroz Emirga qarab turadi va ichkariga kirib ketadi. Emir uning kirib ketganini kuzatib turadi. Kemal yuzini yuvadi va ortiga qaytib chiqayotsa, Nihanni ko'rib qoladi.
Nihan: - Hammaga mening chizgan narsamni ko'rsatishing shartmidi?
Kemal: - Men buni to'ying munosabati bilan sovg'a sifatida keltirdim.
Nihan: - Kemal mendan nima istaysan?
Kemal: - Xavotir olma, bu shunchaki sovg'a.
Emir ichkariga qaraydi va Asuga gapirib, ichkariga yo'l oladi. Ichkarida esa Nihan va Kemal tortishib turishardi.
- Nihan siz bilanmi? - deydi Emir.
- Men uni ko'rmadim Janob. - deydi hizmatkor.
Emir esa ichkariga kirib kelardi. Kemal ketmoqchi bo'lganida Nihan uni qo'lidan ushlab qoladi.
Nihan Kemaldan yana sevishi haqida so'raganda Kemal endi qaytib sevmasligini va bu haqida gapirmasligini aytadi.
- Nihan.
Emirning ovozi keladi. Nihan va Kemal birinma ketin chiqishadi.
Nihan: - Men telefonimni unutib qoldirgandim. So'ng Kemal Bey bilan to'qnashib qoldim. Unga yana bir bor sovg'a uchun rahmat aytdim.
Kemal: - Yana bir bor tashakkur.
Kemal zinadan pastga tushib ketadi. So'ng uning ketidan Nihan ham tushib ketadi.
Salih Zeynepga qo'ng'iroq qiladi.
Salih: - Zeynep salom yaxshimisan? Qayerdasan? Nega men bilan gaplashmaysan yoki akanglar bilan gaplashishimga yo'l qo'ymaysan. Nima sababdan bunday qilyapsan?
Zeynep esa unga javob beradi va izlab yurgan manzilini topgach keyinroq gaplashishlarini aytib telefonni o'chiradi.
Zeynep eshikni signalini chaladi. Ichkaridan qo'riqchi chiqadi. Zeynep Nihanning yoniga kelganini aytadi. Qo'riqchi Zeynepning kelgani haqida xabar bermoqchi bo'lganida Zeynep unday qilmasligini va rasmlarni sumkasidan olib, Nihanga berib qo'yishini iltimos qiladi.
Kemal va Asu Ko'zchio'glular bilan tushlik qilishadi. Kemal Asuga tushlikdan so'ng ketishlarini aytadi.
Emir: - Ho'sh ishni boshlaysizmi? Sizga ishonsam bo'ladimi?
Kemal: - Ishonmang. Chunki biznesda ishonch faqat hujjatlarda bo'ladi. Bilasizu, pul odamni ustidan hukmron. Uni qo'g'irchoq qilib o'ynaydi.
Nihan shu payt ichkariga kirishini aytadi.
Emir: - Nima bo'ldi? Tinchlikmi?
Nihan: - Meni biroz ko'nglim ayniyapti. Sizlarga yoqimli ishtaxa.
Vildan: - Tez orada yaxshi xushxabar eshitamiz degan umiddaman.
Emir kulib qo'yadi. Asu va Kemal uyga otlanadi. Kemal mashinaga chiqayotib, nogahon pastdan uni kuzatib turgan Nihanga ko'zi tushadi. So'ng ular ketishadi.
Nihanni esa bir chetda Emir kuzataadi. Nihan biroz turib ichkariga kirib ketadi.
Asu: - Sen bu oila bilan anchadan beri tanishmisan?
Kemal: - Nega so'rab qolding?
Asu: - Shunchaki qiziqdim.
Kemal: - Bu Emir Ko'zchiog'lu bilan bog'liq.
Nihan kiyimini almashtirib, ko'chaga chiqib ketayotsa, Vildan undan qayerga ketayotganini so'raydi.
Nihan: - Ko'chaga ishim bilan ketayapman.
Ozan ortidan yuguradi: - Men ham siz bilan
Nihan: - Men ishim bilan ketyapman.
Ozan: - Hammasi joyidami Nihan?
Nihan ishi bilan ko'chaga chiqib ketadi.
Xizmatkor qiz Zeynep bergan konvertni Nihanga olib kirib ketayotsa, Ozan uni to'xtatib qoladi. Xizmatkorning qancha qarshiligiga qaramay, Ozan uning qo'lidagi konvertni olib qoladi va ichini ochib ko'radi.
U Zeynepning rasmlarini ko'radi. Ichidagi xabarni o'qiydi. Ismi Zeynep ekanligini bilib oladi va uni yoqtirib qoladi. Zeynep esa o'zida yo'q xursand bo'ladi.
Kemal yo'lda Asuni qoldiradi. So'ng Leylaning yoniga yo'l oladi. Leyla uni kutib o'tiradi va unga qo'ng'iroq qiladi. Kemalning o'ylanib turganini ko'rgan Musat unga savol bermoqchi bo'ladi. Kemal undan so'rashini aytadi. So'ng, Kema yoniga boradi va Kemal shoshilgancha kema tomon yuradi.
U juda ham shoshib kemaga chiqadi va ro'parasida o'tirgan Nihanni ko'radi. Ular bir-biriga sog'inch nigohlari bilan termuladi va asta biri-biri tomon qadam tashlay boshlashadi.
Shu payt kema yonida Emir ham paydo bo'ladi va Kemal va Nihanni kuzatib turadi...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.
|