Assalomu alaykum saytimiz va kinoning ashaddiy muxlislari. Serial kundan kunga qiziqarli tus olmoqda. Saytimizga tanishlaringizni hamda do'stlaringizni ham taklif qiling!
Kemal mashinadan shoshganicha tushadi va kartasidan to'lov qilib tezda kemaga chiqadi. U kemaning ichiga kirib borarkan, ro'parasida Nihanni ko'radi. Ular bir-biriga termulib turishadi va bir-biri tomon oxista qadam tashlashadi. Ular bir-biriga yonma-yon kelishadi. Yana o'sha sevgi to'la nigohlar.
Lekin kemaning yoniga Emir ham kelgan edi. U Nihan va Kemalning uchrashib turganini pastda ko'rib turardi. Uning g'azabi qaynaydi.
Kemal: - Sen bu yerda nima qilyapsan?
Nihan: - Meni Leyla taklif qildi.
Kemal: - Eh, Leyla, Eh...
Ikkovi ham hayron bo'lishadi. Emir Tufanga qo'ng'iroq qiladi. Emir Tufanga Nihan va Kemalni kuzatishini va odamlariga natijalarni bilishini aytadi.
Nihan va Kemal kemada bir ayriliq haqidagi qo'shiqni eshitishadi. So'ng ular yana tortishib ketishadi. Nihan qo'lidagi uzukni kemadagi pul tashlaydigan joyga tashlab yuboradi. Kemal uni ko'rib, yana qayg'uga botadi. Nihan asta sekin ketayotsa, Kemal unga yaqinlashadi. Nihanning telefoni jiringlaydi. Unga Emir qo'ng'iroq qilgandi Nihan javob bermaydi. Emir esa hamon g'azabda.
Kemal: - Sen hozir yangi yolg'on haqida o'ylanayapsanmi? - deydi va Nihanga telefonni olishini aytadi.
Kemal: - Telefonga javob ber, bo'l
Nihan: - Sen menga gapiryapsanmi? Sen Emirning hamkori bo'lganing uchunmi?
Kemal: - Men Emirdan hech narsani yashirmayman. Agar u so'rab qolsa hammasini aytaman. Unga ancha avval xotini haqidagi gaplarni aytib beraman.
Nihan: - Sen nega menga faqat pul, kuch haqida gapiraverasan. Sen sababini ham bizni bilmaysan. Va meni ham.
Kemal: - Bilishni ham istamayman. Hammasi ancha oldin tugagan.
Kemal qo'lidagi chizilgan so'ng o'chirishga urungan qo'lini ko'rsatadi. Nihan esa yig'laydi.
Tufan odamlariga tezda Nihan va Kemalni videoga va rasmga olib yuborishlarini so'raydi. Kemada turgan Kemal va Nihan biroz sukut saqlaydi. Kemal u yerdan ketarkan, Nihanga:
- Bizning yo'llarimiz birga emas va bo'lmaydi ham.
Kemal shunday deganicha u yerdan ketadi. Kema to'xtaydi. Tufan yuborgan odamlar kemaga chiqishadi. Kemal va Nihan esa ularga ko'rinmasdan kemaning boshqa yo'li tarafdan tushib ketishadi.
Emir Tufanga rasmni kim qachon qayerdan sotib olganligi haqida ma'lumot yig'ishini buyuradi.
Onder va Vildan Kemal haqida Emir bilib qolmasligi kerakligi haqida gaplashishadi. Onder Emirning bilish-bilmasligi Kemalga bog'liq ekanini aytadi. So'ng ertaga Kemal bilan gaplashishini, Kemal uning gaplariga quloq solishini aytadi.
Tufanga Emir yana qo'ng'iroq qiladi.
Tufan: - Salom Afandim.
Emir: - Ular qayerda?
Tufan: - Hozircha bilmadim. Biz izlayapmiz.
Emir: - Rasm nima bo'ldi?
Tufan: - Hozircha hech qanday ma'lumot yo'q Janob.
Emir unga tezda ma'lumotlar topishini buyuradi. So'ng, uyga keladi va Nihanning xonasini titkilay boshlaydi. Bir qora paketni topadi va ichini ochib qarasa, unda Kemalning rasmi turadi.
Emir rasmni yerga tashlaydi va hayratga tushadi. So'ng, rasmni tezda yana paketiga solib joyiga qo'yadi. Shu payt Nihan kirib keladi. Xonasida nima qilayotganini so'raydi. Emir alamzada turadi, lekin iloji boricha Nihanga bildirmaslikka harakat qiladi.
Nihan: - Axvolingiz yaxshimi?
Emir: - Seni bezvovta qildimmi?
Nihan: - Yo'q. Shunchaki men ishlashim kerak.
Emir: - Unda men seni yolg'iz qoldiraman.
Emir shunday degancha alam bilan xonadan chiqib ketadi. Mashinasiga o'tiradi va qalamni tashlaydi. Qalamni qattiq ushlaganidan qo'lini jaroxatlagan edi.
Asu kompyuterida internetdan Emir va Nihanning sur'atlarini tomosha qiladi. So'ng, Kemal bilan birga tushgan rasmiga qarab o'ylaydi. Nihan Kemalning sevgani ekanini bilib qoladi.
Nihan yana dugonasi bilan Kemal haqida gaplashishadi.
Kemal Leylaning yoniga boradi. Kiraverishda Leylaga qarab turaveradi. Leyla Kemalga gapiraveradi va Kemalga tort uzatadi. Kemal esa uyga ketadi.
Vildan tashqariga qaraydi. Onder ichib o'tirgan bo'ladi. Vildan va Onder o'zlarining shaxsiy masalalari bo'yicha janjallashib ketishadi.
Emir esa alamdan ichib o'tiradi. U Nihan va Kemalni birga turishganini eslaydi. So'ng yonidagi ikkita qiz bilan quchoqlasharkan, Nihan va Kemalning bir-biriga qarashlarini eslaydi.
Emir birdan:
- Ketinglar...
Qizlar: - Nima bo'ldi? Nima muammo.
Emir: - Ketinglar, ketinglar ketinglar.
Emir alamiga chidolmya baqirgancha yonidagi stolni ustidagi narsalarni surib tashlaydi va stolga qo'llarini qattiq uradi.
Salih va Kemal birgalikda bir restoranda ichib o'tirishadi. Salih Zeynep haqida gapirib ketadi va o'tirgan restoranlari Zeynepga yoqishini aytadi. Kemal esa sevgi faqat og'riq ekani haqida gapiradi.
Onder Nihanning yoniga keladi va Kemal haqida gaplashib olishlari kerakligini aytadi. Nihan hammasi ortda qolganini endi xavotir olmasligini dadasiga aytadi.
So'ng xonasiga kirib ketadi. Xonasida chemodanlarni ochmoqchi bo'lib tursa, uning yoniga ukasi Ozan kirib keladi. Ozan Nihanga konvert kelganini ko'rsatadi.
Nihan konvertni ochadi va:
- Ehhh. Esimdan chiqibdi.
Ozan: - Nima bo'ldi? Kim bu qiz?
Nihan: - Bilmadim. Ko'rishmaganman.
Ozan: - Unda nega sizga rasmlarini yuboribdi?
Nihan: - U aktrisa bo'lmoqchi ekan. Shuning uchun. Men uni agentlikdagi do'stim Fatixga berishim kerak. Xozir unga qo'ng'iroq qilaman.
Nihan Fatix bilan gaplashadi. Ozan xonadan chiqib ketadi. Nihan esa rasmlarni tomosha qiladi.
Zeynep esa dugonasi Sema bilan pista chaqib, gaplashib o'tirishadi. Ular Salih haqida gaplashishadi.
Kemal va Salih ovqatlanishmoqda.
Kemal: - Do'stim nega yemayapsan? Yoki yoqmadimi? Yoqmagan bo'lsa ayt. Boshqasini keltirishadi.
Salih: - Yo'q umuman ovqat yegim kelmayapti.
Kemal: - Xo'sh nima bo'ldi. Qani ayt. Aytaqol endi. Nima bo'ldi?
Salih: - Sen bir necha yil avval ketding va qaytib kelding. Lekin menga umuman e'tibor qaratmay qo'yding. Gaplarimni tinglamay qo'yding.
Kemal: - Salih nega unday deyapsan. Unday emas.
Salih: - Sen Zumbuldakka oddiy ishchi bo'lib ketding. So'ng boshliq bo'lib qaytding. Menchi men hamon o'sha-o'shaman. Sen meni mensimay qo'yding.
Kemal: - Salih unday emas.
Salih: - Menga e'tibor bermay qo'yding. Mayli yoqimli ishtaxa
Salih shunday degancha chiqib ketadi. So'ng Kemal o'zi yolg'iz uyga yo'l oladi.
Yo'lda ketayotsa, uning ortidan bir kapishon kiygan shubxali yigit uni kuzatib boradi...
DAVOMI BOR...
|