Zarur masalliqlar: 500 ml. sut, 350 gr. un, 350 ml. quyuq smetana, 200 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq vanilinli shakar, 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumga shakar, tuz va vanilinli shakarni qo‘shing. Keyin sutning 3/2 qismini solasiz. Yaxshilab aralashtirgach, un qo‘shasiz. Endi qolgan sut va o‘simlik yoјini qo‘shamiz-da, yana bir bor yaxshilab aralashtiramiz.
2. Quymoqlarni pishirib olamiz.
3. Quyuq smetanaga shakar, vanilin qo‘shing. Mikserda 5-7 daqiqa aralashtiramiz. Istakka ko‘ra jelatin ham qo‘shish mumkin.
4. Quymoqlar o‘rtasiga kremdan surtib, yuzini ham istakka ko‘ra bezating. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddat muzlatkichda qoldirish maqsadga muvofiq.
1 soat 8 kishilik
Manba: Ayol.uz
|