Kuz kunlari barchamiz xonadonimiz mehmoni qovoq bo'ladi. Uning foydasi haqida gaplashamiz.
Qovoq kletchatka(ichni yumshatuvchi modda)ga boy mahsulotdir. Shuning uchun ham u oshqozon devorini g'azablantirmaydi. Uni muntazam iste'mol qilsa ich qotishdan holi bo'lsa bo'ladi. Ozish uchun ham qovoq foydalidir.
Qovoq sharbati siydiruvchi bo'lib, buyrak va yurak faoilyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Qovoq temir moddasiga boy.
Qovoqda ko'plab vitamin va minerllar mavjud bo'lib, A va E vitaminlari ko'z va teri faoliyatiga, B vitamini bolaning asab tizimiga, K vitamini esa suyak moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Undan tashqari qovoq bolalar va kattalar organizmi uchun juda kerakli Kalsiy va Magniy moddasiga boydir.
Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, qovoq immunitetni ham oshiradi.
Qovoqni xush ko'radiganlarda o'pka onkologiyasi deyarli uchramas ekan.
Qovoq sharbatini quyidagi holatlarda iste'mol qilsa bo'ladi:
- Uyqusizlik;
- Semirish;
- Shamollash;
- Yurak-tomir kasalliklari.
Qovoq sharbatini foydasini faqat uy sharoitida tayyorlangan yangi siqilgan sharbatta ko'rish mumkin. Kuniga 1-2 stakan sharbatni iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Muntazam ravishda quvoq yoki uning sharbati iste'mol qilinsa, ko'z faoliyati ham yaxshilanadi.
Qovoqdan qanday taom tayyorlasa bo'ladi:
Qovoq va guruchli bo'tqa
Sabzi-qovoqli quymoq
Qovoqli kapkeyk(keks)
Qovoqli graten
Qovoq hamiridan tart
Pishloq va pomidor qo'shilgan qovoq pirogi
Olma va qovoqli pirog
Qovoq va apelsinlik muzqaymoq
Qovoqlik blinchik
Qovoqlik sho'rva
Qovoq krem-sho'rvasi
Manba: Uzbaby.uz
|