Hatto, tushlikning o‘rnini bosadi!
Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan tovuq go‘shti, yarim stakan qaynatilgan qizil loviya, 4 ta tuzlangan bodring, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 ta qizil bulg‘or qalampiri, 1 bosh qizil piyoz, bitta sabzi, ko‘kpiyoz, petrushka, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go‘shtini to‘rtburchak shaklda maydalab to‘g‘rang.
2. Qizil bulg‘or qalampiri, piyoz, tuzlangan bodring va qaynatilgan tuxumni ham to‘rtburchak shaklda maydalab to‘g‘raysiz.
3. Sabzini qirg‘ichdan o‘tkazib, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
4. Barcha to‘g‘ralgan masalliqlarni aralashtirib, qaynatilgan yoki konservalangan qizil loviya va sabzini qo‘shing.
5. Ko‘katlarni maydalab, salatga soling-da, tuz va mayonez qo‘shing. Aralashtirsangiz, salat tayyor.
25 daqiqa
6 kishilik
Manba: Darakchi.uz
|