Minimal miqdorda masalliq talab etuvchi, biroq , aytish joiz bo‘lsa, maksimal darajada mazali bo‘lgan Sharlotka pirogini oddiy kunlarda ham, maxsus sanalarda ham pishirishingiz mumkin.
Zarur masalliqlar:
- 4 ta tuxum
- 1 stakan shakar
- 1 stakan un
- 2 ta olma
Tayyorlanishi:
Olmani yuvib, archib, mayda va ingichka qilib to‘g‘raymiz.
Tuxumni chaqib, mikserda ko‘pirtira boshlaymiz.
Ko‘pirtirishni to‘xtatmasdan, oz-ozdan shakar qo‘shamiz. Tuxum oppoq va quyuq bo‘lib ko‘pirib ketgunicha taxminan 10 daqiqa davomida mikserda aralashtirishda davom etamiz.
So‘ng unga unni elab solamiz va ehtiyotkorlik bilan qoshiq yordamida aralashtiramiz. Bunda aylanma harakatlar bilan emas, pastdan tepaga qaratib aralashtirish zarur.
Formani mo‘l qilib yog‘laymiz va xamirning yarmini solamiz. Ustiga kesib tayyorlab qo‘yilgan olma bo‘laklarini terib chiqamiz.
Olmalarning ustidan xamirning qolgan qismini solib, yuzasini tekislab chiqamiz.
Sharlotkani 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 35—40 daqiqa davomida pishiramiz.
Olmali pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Manba: Ayol.uz
|