Bu taom kartoshka, piyoz va unni o‘z ichiga oladi va kartoshkali oladyalar ko‘rinishida bo‘ladi. Biz har bir uy bekalari uchun tayyorlanishi juda oson va arzon bo‘lgan kartoshkali draniklarning retseptini havola qilmoqchimiz.
Masalliqlar:
- 500 g kartoshka,
- 2 dona piyoz,
- 1 dona sabzi,
- 1 dona tuxum,
- 2 osh qoshiq un,
- 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i,
- ta’bga ko‘ra ezilgan kashnich,
- ta’bga ko‘ra qora murch,
- ta’bga ko‘ra tuz.
Tayyorlash:
Kartoshkani tozalang va qirg‘ichda qiring. Sabzini yirik qirg‘ichda qiring. Piyozni mayda qilib to‘g‘rang.
Agar kartoshkali massa haddan tashqari suyuq bo‘lsa, unda ortiqcha suyuqlikni olib tashlash kerak. Sabzavotlar ustiga tuxum, un, tuz, ziravorlarni qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
O‘simlik yog‘ini tovaga solib qizdiring. Osh qoshiq bilan kartoshkali draniklardan unchalik katta bo‘lmagan yassi shaklchalar yasang va ularni odatdagi oladyalar kabi qovuring. Xom bo‘lib qolmasligi va yaxshi pishishi uchun draniklar uncha katta bo‘lmasligi kerak.
Draniklarning bir tomoni qizargandan so‘ng, ularni ikkinchi tomonga ag‘daring.
Kartoshkali draniklarni qaymoq bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Ayol.uz
|