Zarur masalliqlar: 350 gr. gulkaram (kichkina bir bosh), 100 ml. smetana, 75 gr. qattiq pishloq, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq sariyog‘, yarim osh qoshiq un, tuz, murch, maydalangan yong‘oq mag‘zi.
Tayyorlanishi: 1. Gulkaramning gullarini ajratib, qaynab turgan tuzli suvda 5 daqiqa qaynating-da, sovuq suvga soling. Keyin yaxshilab suvini silqitib oling. 10-15 daqiqa, qolgan suvi ajralguncha, kuting.
2. Smetana, tuxum va unni aralashtiring. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, ozginasini olib qoling-da, qolganini smetanali aralashmaga soling. Tuz, murch va yong‘oq mag‘zini qo‘shing.
3. Chuqurroq idishni sariyog‘lab, gulkaram bo‘laklarini soling. Ustidan smetanali aralashmani quyib, qolgan pishloq qirindisini seping. Toblamamiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.
3 kishilik
1 soat
Manba: Ayol.uz
|