Вверх
Четверг, 21-Ноября-2024, 18:46
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Июнь » 21 » Gripp virusiga befarq bo'lmang!
Рекомендуемы
11:02
Gripp virusiga befarq bo'lmang!

Gripp keng tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Mavsumiy ko‘tarilish ko‘rsatkichlari yilning noyabr, mart oylariga to‘g‘ri kelsada, ko‘p hollarda kuz-qish oylarida ro‘yxatga olinadi.

Kasallik virusining A, V, S turlari mavjud va uning asosiy manbai bemor odam hisoblanadi. Havoda saqlanib turgan gripp virusi sog‘-lom odamga tezda yuqadi va bu hol atrofdagilarga bemor aksirganda, yo‘talganda yoki u bilan gaplashganda havo-tomchi yo‘llari orqali o‘tishi mumkin. Kasallik to‘satdan, o‘tkir boshlanadi. Xavfli jihati, kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgunga qadar kechadigan yashirin davri bir necha soatdan 3 kungacha davom etadi.

Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil bo‘lib, ayniqsa, nimjon, ya’ni immuniteti past bolalar, keksa yoshdagilar, homilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan kishilarda og‘ir kechadi. Kasallik asosan nafas yo‘llari yallig‘lanishi bilan boshlanib, keyinchalik bemorda tana harorati 38-40 darajaga ko‘tarilishi, burun bitishi, burundan suyuqlik ajralishi, yo‘tal, mushaklarda og‘riq paydo bo‘lishi, bosh va tomoq og‘rishi, holsizlik hamda ishtaha buzilishi, ba’zida qusish holatlari kuzatilib, bemorlarda yengil, o‘rta va og‘ir shakllarda kechadi. Kasallik o‘pka to‘qimalari yallig‘lanishi, pnevmoniya (zotiljam), meningit (miya pardasi yallig‘lanishi), meningoensefalit (miya pardasi va moddasi yallig‘lanishi), otit (o‘rta quloq yallig‘lanishi, sinusit (burun yondosh bo‘shliqlari- yallig‘lanishi), nefrit, piyelonefrit (buyrak yallig‘lanishi) kabi eng xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi. Ba’zida, ya’ni grippning yengil shakllari bilan og‘rigan bemorlar atrofdagilar uchun ko‘proq xavf tug‘diradi. Chunki ular aksariyat hollarda uyda davolanmay, kasalikka yetarli darajada e’tibor bermay, oyoqda o‘tkazadilar.

Kuz va qish mavsumi boshlanishini e’tiborga olgan holda yurtdoshlarimizdan quyidagilarga rioya qilishlarini so‘raymiz:

- grippga qarshi emlash;

- mavsumga xos kiyinish;

- o‘z vaqtida ovqatlanish va dam olish;

- xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib, pollarni nam latta bilan artib turish;

- ishlab chiqarish korxonalari, davolash-profilaktika, o‘quv muassasalari, bolalar, qariyalar uylari, tashkilot va idoralar hamda turarjoy binolarida issiqlik rejimiga rioya qilish, barcha xonalarning issiqlik harorati 22 darajadan past bo‘lmasligi;

- kasallikni erta aniqlash maqsadida maktabgacha tarbiya muassasalari, maktabga kirish joylarida ertalabki filtrni tashkil etib, uning o‘tkazilishiga e’tibor qaratish;

- gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon qilingan bolalarni izolyatorga joylashtirish hamda ota-onasi va hududiy poliklinikaga xabar berish;

- ertalabki filtr ishini amalga oshiradigan gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon qilinib, izolyatorga yotqizilgan bemorlarni parvarish qiladigan xodimlarni niqoblar bilan ta’minlash;

- o‘kuv-tarbiya muassasalarida tanaffus paytida xonalarni shamollatish rejimini tashkil qilish;

- maktabgacha tarbiya muassasalarida har kuni bolalarni kamida 2 marotaba toza havoga sayrga olib chiqish;

- barcha o‘quv muassasalarida sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borish;

- konsert zallari, kino-teatr, o‘quv va ish joylarini kuniga 3-4 marotaba shamollatib turish, xonalarda dezinfeksiya moddalarini qo‘llagan holda namli tozalov ishlarini olib borish.

O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, quyidagilarga amal qiling:

- gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemor isitma davrida, albatta, yotoq rejimiga amal qilishi va shifokorni uyga chaqirish;

- kasallikni oyokda o‘tkazmaslik;

- shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tutish;

- agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilish;

- bemorga qarayotganlar burun va og‘izlarini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishlari va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turish;

- bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlarini amalga oshirish;

- bemorlar ko‘proq suyuqlik – quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilish;

- yo‘talgan va aksirganda og‘iz-burnini ro‘molcha bilan yopish;

- o‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlariga olib kelishini unutmaslik!

Kasallikning oldini olishda tanani chiniqtirish, badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanish, ochiq havoda yurish, o‘z vaqtida ovqatlanish alohida ahamiyatga ega. Sovuq kunlarda issiq kiyinish, albatta, bosh kiyim kiyish, oyoqlar issiq bo‘lishi muhimdir. Kasallik avj olgan paytda (dekabr, yanvar, fevral oylarida) nafaqat epidemik jihatdan muhim bo‘lgan korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari, balki barcha fuqarolarimizga niqob taqish tavsiya etiladi.

Kasallik qanday bo‘lishidan qat’i nazar, inson salomatligi va turmush farovonligiga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bois, sog‘lig‘imizga bo‘lgan mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, mavsumiy kasalliklardan ehtiyot bo‘laylik. Unutmang, kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal.

Gripp kasalligiga qarshi emlash, bu albatta, xastalikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p hollarda aholi tomonidan mazkur kasallikni emlash to‘g‘risida savollar beriladi. Demak, bugungi mavzumiz doirasida gripp kasalligiga qarshi emlash bo‘yicha yo‘llangan savollaringizga quyidagicha javoblarni beramiz.

1. Grippga qarshi emlash O‘zbekistonda qachondan yo‘lga qo‘yildi?

Respublikada grippga qarshi emlash 1970 yillarda boshlangan bo‘lib, unda grippga qarshi vaksina faqat intronazal, ya’ni burun orqali tomizilgan. Ilmiy izlanishlarning olib borilishi natijasida hozirda vaksinalarning yangi turlari ishlab chiqarilgan. Aholi orasida grippga qarshi emlash yildan-yilga ortib bormoqda.

2. Bu emlash turining organizm uchun foydasi qanday?

Emlash natijasida organizmda gripp viruslariga qarshi antitelolar paydo bo‘ladi, organizmning immunitet tarangligi ortadi va gripp virusiga nisbatan chidamlilik hosil bo‘lish natijasida organizm gripp kasalligiga chalinmaydi yoki yengil turda o‘tadi.

3. Necha yoshdan emlash mumkin?

Emlashga tibbiy cheklovlar bo‘lmasa 6 oydan boshlab, barcha yoshdagi sog‘lom aholini emlash mumkin.

4. Emlashdan oldin inson organizmidan qanday tayyorgarlik talab etiladi, tibbiy ko‘rik kerakmi? (Masalan, shamollash yoki bolalarda ich buzilishi bo‘lmasligi holatlari va boshqa).

Albatta, emlashdan oldin barcha emlanuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Tibbiyot xodimi tomonidan ruxsat berilganda emlanish kerak.

5. Qancha muddatgacha kasallikdan saqlaydi?

1 yil davomida grippga qarshi immunitet bo‘lib, shu davr ichida kasallikdan saqlaydi.

6. Qayerlarda emlatish mumkin?

Grippga qarshi emlash majburiy emlash jadvaliga kirmasligi, ya’ni epidemik ko‘rsatma asosida tibbiy xodimlar va boshqa mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari davlat tomonidan emlanadilar. Aholi o‘z xohishi bilan pullik vaksina markazlarida emlanishlari mumkin.

7. Emlangandan keyin organizmda biror o‘zgarish sezilsa, qanday chora ko‘riladi?

Emlangandan so‘ng nojo‘ya o‘zgarishlar bo‘lsa, darhol tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarur.


Manba: Shifo.uz

Категория: Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati | Просмотров: 2062 | Добавил: admin | Теги: gripni yo'qotish, grip viruslari, salomatlik sirlari, parranda gripi, foydali maslahat, Grip, grippning davoasi, grippni oldini olish, grip alomatlari | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 21-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Июнь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz