Paketchalardagi choyni biz qulayligi va vaqtni tejashi uchun qadrlaymiz. Va biz ularning vazifasi faqat choyning asosi bo‘lib xizmat qilishdan iborat deb o‘ylaymiz. Lekin ma’lum bo‘lishicha, choyli paketchalar faqat birgina foydali ishni bajarmas ekan.
Go‘shtni yumshatadi
Tez pishmaydigan qattiq go‘shtni unchalik achchiq bo‘lmagan choydan qilingan va suv yoki vino qo‘shilgan marinad qutqarib qoladi. Mahsulotni bir necha soat davomida marinadlashga qo‘ying. Choy go‘shtni yumshatadi, unga mazali ta’m va xushbo‘y hid bag‘ishlaydi.
Sochlarni namlaydi
Shampunь bilan yuvganingizdan keyin sochlaringizni choyning suyuq eritmasi bilan chaying. Bu sochlarni namlaydi va oziqlantiradi, shuningdek ularning o‘sishini tezlashtiradi.
Uydagi zararkunandalardan qutqazadi
Sichqonlar, o‘rgimchaklar va boshqa hasharotlar choy hidini yoqtirishmaydi. Ishlatilgan choyli paketchalarni ular yashaydigan joylarga qo‘yib chiqsangiz, zararkunandalar uyni tark etadi.
Og‘iz chayqaydigan vosita
Ko‘k yoki yalpiz choyning suyuq eritmasi og‘izdan keluvchi hidni oson ketkazadi. Shuningdek u og‘iz ichidagi yarani tuzatishga yordam beradi va tish olingan joydagi qon oqishni to‘xtatadi.
Idishdagi yog‘ni ketkazadi
Ishlatilgan paketchalarni issiq suvga tashlang va uning ichiga yuvilmagan idishlarni solib ivitib qo‘ying. Tuni bilan taninlar hamma yog‘larni eritadi. Ertasi kuni siz yuvish vositasining yordamisiz ham idishlarni bemalol yuvib olishingiz mumkin.
Ko‘z tagidagi qoramtir dog‘lar va shishlar
Ishlatilgan choyli paketchalarni soviting va ko‘zlaringiz ustiga qo‘ying. Choydagi kofein qora dog‘larni va shishlarni kamaytiradi, antioksidantlar esa qonning yaxshi aylanishini ta’minlaydi.
Manba: Ayol.uz
|