QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishda ham, uyda ham obro‘yingiz bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi kutiladi. O‘zgalarning muammolarini bartaraf etishdan voz keching. O‘zingizni qurshab turgan muammolar ham yetarli bo‘ladi. Tijoratchilar bugun raqobatchilar bilan keskin kurash olib borishi mumkin. Ammo bu kurashda siz g‘alaba qilishingiz tayin. Kunning ikkinchi yarmida qo‘shimcha daromadli ish taklif etuvchilarning son-sanog‘i bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda. Demak, tanlash imkoniyatlaringiz keng. Ular orasidan eng ma’qulini tanlab olavering.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
9 sentyabrda ish joyingizda rahbarlarga yana bir bor iste’dodingizni namoyish etib qo‘ymasangiz bo‘lmaydigan ko‘rinadi. Shunda yaqin kelajakda ular sizga eng muhim va dolzarb muammolarni bartaraf etish vazifasini ishonib topshirishadi. Muhabbatda oila qurmaganlarni juda jiddiy sinovlar kutib turibdi. Afsuski, bu sinovlar kayfiyatingizni tushirib, o‘zingizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
9 sentyabr kuni jiddiy sabab bo‘lmasa, tavakkalchilikka yo‘l bermang. Sizga faqat ziyon yetkazadi. Oilali do‘stlarimiz bugun bolalar tarbiyasi va juftiga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Shu bahonada ro‘zg‘or kemtiklarini ham to‘ldirib ketish yodingizdan ko‘tarilmasin. Kechqurun u qadar olis bo‘lmagan manzilga safar qilishingiz ehtimoli bor. Shu safar moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo‘lishini ta’minlaydi. Salomatligingiz yomonlasha boshlaganini sezsangiz, darhol mutaxassisga murojaat eting.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun xizmat safarlari va sayohatga chiqish sizga faqat zarar yetkazadi. Bu jiddiy jarohat olish va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Avtohalokatlarga uchrashingiz ham ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun jimgina ish bilan band bo‘lib qo‘ya qolganingiz durust. Salomatlikdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Kechqurun uyingizga o‘zingiz kutmagan odamlar mehmon bo‘lib kelishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
9 sentyabrda vujudingiz kuch-qudrat, qalbingiz jo‘shqinlikka to‘la bo‘lishi kutilmoqda. Demak, azaliy orzularingizni haqiqatga aylantirish bobida bemalol harakatlar sodir etaversangiz bo‘ladi. Shaxsiy hayotda prinsiplarga sodiq qoling. Shunda juftingiz sizdan bezmaydi, sovimaydi, uzoqlashmaydi. Kechqurun olisda yashaydigan qondoshlarga qo‘ng‘iroq qiling, siz uchun yoqimli xabar bor. Uxlashdan oldin sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Mavqeingiz va maoshingiz bog‘liq bo‘lgan odamlarni bugun zinhor tanqid ostiga ola ko‘rmang. Aks holda ishdan ayrilishingiz hech gap emas. Umuman, bugun emotsiyani bir chetga surib qo‘ysangiz ham yomon bo‘lmaydi. Kuni kecha Quyoshda sodir bo‘lgan portlash asoratlari surunkali xastalikka yo‘liqqanlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Juda ehtiyotkor bo‘ling va dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang. Basharti yaqinda mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lsangiz, oilangizni olib tog‘ yon bag‘irlariga dam olish uchun jo‘nasangiz bo‘ladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun sizga yangi ish taklif etishlari kutiladi. Ammo darrov rozi bo‘lib qo‘ymang. Yaxshisi, bu ishni obdon o‘rganib chiqing. Ana shundan keyingina bir xulosaga kelsangiz yarashadi. Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq ajoyib bir voqea sodir bo‘ladi. Bu sizni nafaqat xursand qiladi, balki bir olam qo‘shimcha quvvat bag‘ishlaydi. Tog‘ni ursangiz tolqon qilib tashlashga tayyor turasiz.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
9 sentyabr kuni firib va aldovlar iskanjasida qolishingiz xavfi bor. Bular sizga jiddiy ko‘ngilsizliklarni ko‘ndalang qo‘yishi mumkin. Oila qurmagan bo‘lsangiz, aynan bugun bir inson bilan tanishasiz. U kelgusida taqdirdoshingiz bo‘lishga arziydi. Kechqurun oila davrasida kichik bayram uyushtirsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Yaqinda quyoshda portlash sodir bo‘lgandan keyin uning asoratlari salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Tabiat qo‘ynida dam olib qaytish bugun ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ertalabdanoq qo‘shimcha daromadli ishlar yo‘lingizda ko‘ndalang turadi. Demak, moliyaviy muammolarni o‘ylab qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi. Hamkasblar bilan munosabatlaringiz a’lo darajada kechadi. Kechqurun ajoyib bir kutilmagan sovg‘a kutadi. Ya’ni, siz juda ko‘p yillardan beri ko‘rmagan, o‘tmishda juda qadrdon bo‘lgan inson bilan uchrashasiz. Gazlangan ichimliklar, ko‘cha ovqatlaridan nariroq bo‘ling. Yoki sifatini erinmasdan tekshirib ana undan keyin iste’mol qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun zinhor yangi tanishuvlarga yo‘l bermang. Ayniqsa, ish yuzasidan kim bilandir tanishsangiz, bu faqat omadsizlik hadya etadi xolos. Kun davomida kimlardir sizni qonunga qarshi borish va jinoyatlarga qo‘l urishga da’vat etishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling. Atrofdagilar bilan munosabatlaringizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Sog‘lig‘ingizdan ham shikoyatingiz bo‘lmaydi. Faqat salomatlikka putur yetkazadigan amallarga qo‘l urmasangiz kifoya.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
9 sentyabrda omad qushi faqat sizning yelkangizda bo‘ladi. Ishlaringizda unum sezilarli tarzda ortadi. Lekin salomatlik masalasida ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Agar anchadan beri tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsangiz, bugun shu ishni amalga oshiring. Oilada yaqinlaringizning fikrlari bilan ham hisoblashing. Yetakchi bo‘lishga intilmang. Tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi tayindek bo‘lib turibdi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ishda ancha jiddiy mushkulotlarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz kutiladi. Ularni yaqin do‘stlar yordamidagina bartaraf eta olasiz. Kimlar uchundir bugun olisga safar uyushtirish, dengiz bo‘ylarida dam olib qaytish masalasida imkoniyatlar ko‘zga tashlanmoqda. Vaziyatdan foydalanib qolsangiz, ziyon bo‘lmasdi. Kechqurun do‘stlar bilan uchrashib, muloqot qilishingiz kutiladi. Ammo spirtli ichimliklarga erk bermang, sog‘lig‘ingizga jiddiy putur yetishi mumkin.
|