Zarur masalliqlar: (45 dona uchun) 350-400 gr. un, 150 grammdan sariyog‘ va shakar, 100 gr. bodom mag‘zi, 3 dona tuxum, 2 choy qoshiqdan xamiryumshatgich va vanilinli shakar, 1 choy qoshiqdan zanjabil va dolchin.
Tayyorlanishi: 1. Bodom mag‘zini qaynoq suvga 10 daqiqaga solib qo‘ying. Shunda uni yupqa po‘stidan oson tozalaysiz. Keyin bodom mag‘zini yaxshilab ezing.
2. Xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ga shakar va vanilinli shakarni qo‘shing. So‘ngra tuxumni solib, aralashtiring.
3. Dolchin, zanjabil va ezilgan bodom mag‘zini qo‘shasiz.
4. Navbat un va xamiryumshatgichga keldi. Ularni ham solib, xamir tayyorlang. Xamirdan kichik zuvalachalar yasab, pishiriq qog‘ozi solingan gaz patnisiga terib chiqing. Ustidan qo‘lingiz bilan bosib, bodom mag‘zidan bir donadan qo‘ying. Shirinligimiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqada pishadi.
8 kishilik
1 soat
Manba: Ayol.uz
|