Sir emaski, butun dunyo xalqlari ayol kishini, avvalo, xotin – uyning bekasi, sarishtasi sifatida ko’radi. Avval iqtisod, deganlaridek, mazali taomlar ila oila a’zolarini siylash; uy-joy, xo’jalik anjomlarini asrash, ularni toza-ozoda tutish – xonadon bekasi bo’lmish ayolning avvali burchidir. Navbatdagi tavsiyalarimiz ham bu burchni bekam-u ko’st bajarishingizga oz bo’lsa-da ko’mak beradi, degan umiddamiz:
|
Ayol salomatligi va go‘zalligini ifoda etuvchi muhim belgilardan biri – bu sochlar. Ushbu go’zallikni ushlab turish maxsus parvarishni, ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi.
|
Odamlar o‘rtasidagi munosabatni belgilaydigan muomala – inson yuragini ko‘zguda aks etgandek namoyon etadi. Kishining so‘zidan, muomalasidan uning qanday odam ekanligini bilib olish qiyin emas. Inson kamolotida, hayot rivojida, ish yuritishda, odamlar sihat-salomatligini muhofaza qilishda muomala asosiy omildir.
|
O`zini sevishga qaror qilgan ayollarga bag`ishlanadi. Erjonlarning rostdan ham orzu qilgan xotini siz ekaningiz haqidagi 15 haqiqatni bilishini istasangiz, e`tiroflarni ovoz chiqarib o`qishdan xijolat chekmang.
|
Biz — ayollarning izquvarligimizga Sherlok Xolms ham havas qilsa arziydi. Rost-da, axir eshikdan kirib kelgan juftimizning xatti-harakatiga qarab, uning qanday kayfiyatda ekanligiyu maosh oldimi-yo`qmi, to`g`ri uyga kelayaptimi yoki onajonisining eshigidan ham mo`ralab qo`ydimi, xullas, hamma-hammasini bilib olamiz. Biroq qanchalik ziyrak bo`lmaylik, o`tayotgan hayotimiz kutilmagan «sovg`a»larga boy bo`lib, ba`zan nazoratni qo`ldan chiqaramiz. Xo`sh, shunday vaziyatga tushib qolmaslikning iloji bormi? Keling, shu haqda suhbatlashamiz.
|
Hammasi yaxshi edi... Gohida xayol bilan idish tovoqlarni yuviqsiz qoldirsam, qaynonam ba`zida sekin, ba`zida chinnilarni “jarang-juring” qilib, yuvib qo`yardi. Sochiqlarni ivitish uchun tog`orajonga solib, boshqa yumushga unnasam, qaynonam vannaga o`tib, tog`oradagi kirlarni yuvishga kirishardilar. Boshida xijolat bo`lib “Oyijon, qo`yavering, o`zim”, derdim.
|
Bahor yangilanish mavsumi, deyishadi. Haqiqatan bahor kelishi bilan atrofdagi hamma narsa o`zgara boshlaydi, deya o`y-xayollarga kirishdimu o`zimda «Men ham o`zgarishni istayman!» degan shijoatni sezdim. Ammo hayotda o`zgarish yasash unchalik ham oson erishiladigan maqsad bo`lmagani bois buni qanday amalga oshirish borasida bosh qotira boshladim.
|
Birovning bolasini kelin qilgach, oyoqni uzatib keksalik, yo`g`-ey, nimalar deyapman, hayot gashtini suraman deb turganingda har xil gap-so`zlar, g`idi-bidilar chiqmasa-da! Xudoga shukrki, bizning oilada unday bo`lmadi. Sababi o`g`limning hayoti mening hayotim emasligini unutmadim va quyidagi o`n besh amalni qo`llagan holda oilamdagi tinchligu barqarorlikni saqlab qoldim…
|
Har birimizga oddiy ayollik baxti kerak. Aksariyat hollarda ayollar o`z gardaniga erkaklar amalga oshirishi lozim bo`lgan vazifalarni olishadi, o`zlarini qurbon qilishadi.
AdMe.ru nashri ayollar hech qanday holatda ham qilmasliklari lozim bo`lgan narsalar haqida so`z yuritadi.
|
Ayol ko`zguga qaraganida doim mamnunlik hissini tuyishi, hayotdan zavq ola bilishi lozim. Shunday ekan, atrofdagilarning ko`zini quvnatib yurishdan charchamang!
|
|