Zarur masalliqlar: xamiriga: 700 gr. un, 250 ml. sut, 200 gr. sariyog‘, 1 osh qoshiq shakar, 6 gr. xamirturush, o‘simlik yog‘i, tuz; qiymasiga: 500 gr. yangi kartoshka, 200 gr. jigar, 1 bosh piyoz, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Yangi kartoshkani qaynatib, pishgach ezing. Jigarni qovurib oling-da, go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing.
2. Piyozni maydalab to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuramiz. So‘ngra jigarni qo‘shib, 2-3 daqiqa qovuring. Endi kartoshka pyureni solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz.
3. Sariyog‘ni eritib, sutni qo‘shib, aralashtiring. So‘ngra shakar va xamirturushni solib, 10 daqiqa qoldiring.
4. Endi un solib, aralashtiring. Toki yumshoqqina xamir hosil bo‘lsin. So‘ngra idishdan olib, katta zuvala yasang-da, 6 bo‘lakka bo‘ling.
5. Har bir zuvalani 3 mm. qalinlikda yoyib, bir tomoniga qiymadan solasiz-da, rulet shaklida o‘raysiz. Keyin har birini 4-5 bo‘lakka bo‘lasiz. Pishiriqlarning ikkala tomonini ham birlashtirib, pishiriq qog‘ozi solingan gaz patnisiga tering. Yuziga sut surtgach, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo‘ying.
5 kishilik
1 soatu 20 daqiqa
Manba: Ayol.uz
|