|
В разделе материалов: 106 Показано материалов: 91-100 |
Страницы: « 1 2 ... 8 9 10 11 » |
Bolaligimda ko‘p kitob o‘qiganim uchunmi, judayam ko‘p xayol suraman. Yana qanaqa xayollar deng. Aytsam, kulasiz.
Tasavvur qiling: odamda ham dum bo‘lganida qanday bo‘lardi? Yo kalta yoki uzun. Hammaniki bir-biriga o‘xshamasdi, albatta. Ammo biror-bir dumli mavjudotnikiga o‘xshashi mumkin edi. Masalan, kimniki maymunnikiga, birovniki itnikiga, kimniki eshaknikiga…
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Bugun dam olish kuni.
Ergashali dam olish kunlari palovxonto‘rani damlab, achchiq ko‘kchoy ichib televizor ko‘rishni xush ko‘radi. Xotini Alomatxon esa erining tamoman aksi. Haftaning bergan kuni ko‘chada-yu, yana yakshanbaga asdoydil tayyorgarlik ko‘radi. Dushanbadan boshlab shanbagacha besh kun bozorga hozirlik! Yakshanba kuni tongda esa bozorga yo‘rg‘alaydilar.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
— Qo‘shni birpasga biznikiga chiqing, issiq choyim bor, suhbatlashib ichardik, — deb qoldi.
Turdi tomdan tushgan tarashadek “tap” etib devordan oshib juvonning ro‘parasida hoziru nozir bo‘lganini o‘zi ham sezmay qoldi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Sohib Qodirovich bir kuni meni xonalariga chaqirib qoldi. To‘rdagi kursida bir parcha qog‘ozga tikilgancha o‘tirgan ekan.
— Chaqirtirgan ekansiz, — dedim kirganimni bildirish uchun....
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Yo‘qolgan sigirini izlab yurgan Haydar bobo bir tog‘ yonbag‘riga kelib qoldi. Bu joyni mahalliy xalq Oq changal deb atardi. Sababi bu yerda xosiyatsiz o‘simlik – oq changal (tikan) o‘sardi. Cho‘ponlar va ovchilar bu yerga kelishga qo‘rqishardi. Ularning ta’rificha Oq changalda parilar makon qilib olgandi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Mark Osborn xonasidagi kresloda oyoqlarini stol ustida chalishtirgancha oʻtirardi. U oʻzicha «agar hozir birortasi xonamga kirib qolsa mening omadli va iqtidorli detektiv ekanligimga shubha qilmaydi va bu fikri notoʻgʻri boʻlmaydi» deb oʻylardi....
Batafsil o'qish / Читать далее
|
— Turmush qurganimizga yigirma yil bo`ldi, — dedi tahririyatga qo`ng`iroq qilib o`zini Dinora opa deb tanishtirgan muxlisamiz. — Turmush o`rtog`im ikkimiz institutda o`qib, sevishib, ota-onamizning roziligi bilan oila qurganmiz. Bir qarashda hayotimizda hamma narsa to`kis edi: yaxshi ko`rgan ishimiz, uy-joyimiz, muhabbatimiz, ota-onamiz bilan yaxshi munosabatlarimiz bor…
Batafsil o'qish / Читать далее
|
O’sha gadoylarni uchratgan onda menda uyg‘ongan hislarni hech qachon unuta olmasam kerak….
Tun zulmati, biz kafedan yegulik olib, mashinamizda tanovul qilayotgan edik. Shu payt kimdir mashinamiz derazasini ohista chertdi. Ochsam, bir kishi turibdi. Ko‘rinishidan qishloqdan ekanligi ma’lum, ortida esa 10 yoshlardagi bola ham bor....
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Inson odobi bilan go‘zal, deydilar. “Bola aziz, odobi undan aziz”, degan naql ham bor. Ya’ni odamning tashqi ko‘rinishi qanchalar go‘zal bo‘lmasin, u faqat quruq surat, ichki dunyosi, xulq-atvori, qisqasi, ma’naviyati chiroyli bo‘lsagina, bu surat jonlanib, xush qiyofa, istara kasb etishi, ko‘rgan ko‘zni o‘ziga mahliyo qilmog‘i mumkin. Ayniqsa, keyingi eslaganimiz maqolda urg‘u berilgan bola odobi oilaga, jamiyatga xos ko‘pgina belgilar, muhim jihatlarni o‘zida yaqqol ko‘rsatib, xuddi ko‘zgudagidek aniq-tiniq aks ettiradi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
— Bu hayotning ishlari juda ham qiziq ekan-da, — dedi chuqur «uh» tortgancha bir muxlisamiz.
— Umr shunisi bilan qiziq-da, — dedim uni gapga solish uchun.
— Kimligimni aytmayman-u, bir jiyanimning boshiga tushgan savdolarni aytsam, siz ham dahshatga tushasiz....
Batafsil o'qish / Читать далее
|
|
Погода |
Суббота 11-Мая-2024
|
|