O’sha gadoylarni uchratgan onda menda uyg‘ongan hislarni hech qachon unuta olmasam kerak….
Tun zulmati, biz kafedan yegulik olib, mashinamizda tanovul qilayotgan edik. Shu payt kimdir mashinamiz derazasini ohista chertdi. Ochsam, bir kishi turibdi. Ko‘rinishidan qishloqdan ekanligi ma’lum, ortida esa 10 yoshlardagi bola ham bor.
— Yigitlar, iltimos, yordam beringlar! Biroz pul bersangiz yetarli, o‘g‘limga u-bu yegulik olib berishimga yesa bas!
Har doimgidek menda ishonchsizlik hisi uyg‘ondi. Hozir borib bir butilka aroq sotib oladida, jonga tegdi bu piyonistalar! Bir suhbatini olaychi:
— Nega ishlamaysiz? Oddiy odamlarga o‘xshab oilangizni ta’minlash va bolalaringizni boqish uchun. Nahotki, o‘g‘lingizni yetaklab, gadoychilik qilishga uyalmaysiz?
— Kechirasizlar…
U darhol mahzun ko‘zlarini olib qochdi va o‘g‘lining qo‘lidan yetaklab, shoshib yurib keta boshladi. Menimcha, u bizdek bemehr insonlardan tezroq uzoqlashishga qaror qilgandi.
Shu payt vijdonim uyg‘ondimi, bilmadim. Menga nimadir bo‘ldi, ko‘ksimdagi yurak boshqacha ura boshladi va men mashinamda o‘tira olmadim. Tushib:
— Hoy, to‘xtang! Sizga nima bo‘ldi? O’zi tungi soat 3 da bu yerda nima qilib yuribsiz?
— Biz uyga keta olmayapmiz. Bu yerga qishloqdan kasalxonada yotib davolanayotgan ayolimni ko‘rgani kelgan edik. Hozir narxlar baland, hamma narsa qimmat!… Bor yo‘q pulimni dori- darmonga ishlatib yubordim. Ancha qarzga botib ham qolganmiz, nima qilishni ham bilmayapman… Men o‘zimga emas, mayli, kam bo‘lsa ham shu o‘g‘limga yegulikka… U deyarli bir sutkadan beri hech narsa yegani yo‘q. Agar bilsangiz edi, men juda xijolatdaman, juda uyalyapman….
Eshitganlarimizdan so‘ng biz do‘stim bilan mashinadan pullarimizni olib, taom buyurtma berishga yugurdik.
— To‘xtang, shoshmang, ketib qolmang! Pulimiz boricha yegulik olib ularga tutdik. Avvaliga u kishi biroz xijolat bo‘ldi, u qo‘limizdagi narsalarni narsalarga shunday qarashardiki, ularning och ekanliklarini bilish qiyin emasdi.
Biz ulardan uylariga qanday etib olmoqchi ekanliklarini surishtira ketdik. U kishining aytishicha, 2 soatdan so‘ng ularning qishloqlariga boradigan elektrichkao‘tarkan. Ular unda yashirinib yetib olishni mo‘ljallayotganliklarini eshitib, hamyonimda qolgan pullarni ham oldim:
— Bu pullar uyingizga yetib olishingizga yetadimi?
— Bu nima deganingiz, yarmi ham yetadi!
— Mayli, olavering, yo‘lda yana u-bu narsa olarsizlar.
— Katta rahmat! Men hammasini qaytaraman! Kelinglar, men sizlarni telefon raqamingizni yozib olaman. Bir necha kundan so‘ng, men yana kelaman va pullaringizni qaytaraman.
— Qo‘ying, uyingizga bemalol yetib olsangiz bo‘ldi!
— O’g‘lim, amakilaringga «rahmat» ayt!
— Bolakay, ohista bizga minnatdorchilik bildirdi, biroq busiz ham uning ko‘zlarida hammasi namoyon edi…
Men o‘sha damda his etganlarimni so‘z bilan ta’riflay olmayman. Ular ikkisi vokzal tomonga tez-tez yurib ketishar va ortlariga qarab — qarab qo‘yishardi…
Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Lekin uni kecha o‘g‘lim, ko‘chada olma sotayotgan qari buvijondankerak bo‘lmasada, unga yordam bo‘lsin uchun sotib olganini aytganda juda xursand bo‘ldim! «To‘g‘ri qilibsan, o‘g‘lim!»
Ziyoda Ziyaeva tarjimasi.
SHERLAR.NET