Avvallari saqich ovqat hazm qilish tizimiga zararli, deb hisoblanardi. Ammo uning foydali jihatlari ham bor ekan.
Mutaxassilarning ta’kidlashicha, u og‘iz bo‘shlig‘ini tozalaydi va tish emalini mustahkamlaydi. Lekin tibbiyotchilar milki kasallangan odamlarga saqich chaynashni tavsiya qilishmaydi. Qolaversa, och qoringa saqich chaynash sababli me’yoridan ortiq ajralib chiqqan me’da shirasi me’da-ichak kasalligini qo‘zg‘ashi ham mumkin.
G. EGAMBERDIYEVA
Manba: Soglom.uz
|