Eri bor ayolga sovchi bo‘lish mutlaq haromdir, gunohdir. Ba’zilar «Bu shundoq ham tushunarli-ku, kim ham eri bor ayolga sovchi bo‘lardi? Boshida eri bor ayolga sovchi bo‘lish gunohligini hamma biladi» deyishi mumkin. Lekin shunday kimsalar borki, tuppa-tuzuk yashab turgan er-xotinni bir-biriga qayrab, erini xotiniga, xotinni eriga yomon ko‘rsatib, oilasini buzish mumkin. Birovning ayoliga erishish uchun unga yaxshi gapiraverib, sovg‘a-salomlar beraverib, oxiri eridan aynitishi, erdan ajrasang, senga uylanaman deb, uylanib olayotgan nomardlar ham ozmuncha emas ekan.