— Bir do`stim soch turmaklatganda turli xil chiziqlar, naqshlar chizdirib oladi. Dinimizda bunga qanday qaraladi?
Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob berdi.
— Musulmon odam sochini musulmonlarga o`xshab taraydi, turmaklaydi. O`zga din va madaniyat vakillariga ko`r-ko`rona taqlid qilish, mentalitetimizga, milliy qadriyatlarimizga to`g`ri keladimi, kelmaydimi, o`ylamay-netmay o`shalar ortidan ergashish to`g`ri emas. Hadisi sharifda aytilishicha, kim tirikligida qaysi qavmga o`xshashga harakat qilsa, qiyomatda o`shalar bilan birga bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
|