Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlari qora choy vazn tashlashga yordam berishini va oshqozonning sog‘lom mikroflorasini saqlashini aniqladi. European Journal of Nutrition jurnalida chop etilgan ilmiy maqola annotatsiyasi EurekAlert! saytida keltirildi.
Tadqiqot sichqonlar ustida o‘tkazildi. Ular to‘rt guruhga bo‘lindi, har bir guruhga maxsus ovqatlanish ratsioni belgilandi. Ikkita guruhga qora va ko‘k choy ekstraktlari berildi.
Aniqlanishicha, qora va ko‘k choy jonivorlarning oshqozonidagi bakteriyalar mutanosibligini o‘zgartirgan. Semirish bilan bog‘liq mikroorganizmlar ulushi kamayib, normal vazn bilan bog‘liq bakteriyalar soni oshgan.
Manba: Ayol.uz
|