O’zingizdagi ba’zi belgilarga qarab, sizga qaysi vitamin yetishmayotganini aniqlashingiz mumkin. Teringiz quruq bo‘lib qolganini, kechqurun ko‘rishingiz yomonlashganini, diareya bezovta qilayotganini sezgan bo‘lsangiz – bu sizda A vitamini keskin yetishmasligining belgilari. Sabzi, qovoq, shirin kartoshkali ovqatlarni, baliqni ko‘proq iste’mol qiling va shu bilan birgalikda immunitetingizni ham oshiring.
C vitamini
C vitamini yetishmasligi belgilari – depressiya, milklarning qonashi, burundan qon oqishi, yuqori qon bosimi. C vitamini ayniqsa tsitrusli mevalarda va na’matakda ko‘p. Apelsin, na’matak qaynatmasi va pomidor, ko‘k piyoz, karamdan qilingan salatlarni ko‘proq iste’mol qiling.
D vitamini
So‘nggi vaqtlarda ko‘p shamollab, bo‘g‘imlaringizda bemadorlik sezayotgan bo‘lsangiz – dengiz mahsulotlari, yog‘li baliq va bodomni ko‘proq iste’mol qiling. Nonushta va kechki ovqatda tvorog yeng, salatlarga ko‘katlar, ayniqsa petrushka qo‘shing.
Kaltsiy
Tirnoqlar sinishi, charchash, mushaklarning tez-tez tortishib qolishi organizmda kaltsiy yetishmasligidan dalolat beradi. Sut iching, yogurt, pishloq va bodom yeng. Loviyali va no‘xatli sho‘rvalar pishiring. Tushlikka esa albatta yashil sabzavotlar: karam, piyoz va seldereyli salat qo‘shing.
Oqsillar
Sochlarning mo‘rt va to‘kiluvchan bo‘lib qolishi, mushaklardagi doimiy og‘riq, ko‘p kasal bo‘lish va behollikni his qilish – oqsillar yetishmasligi belgilari. Oqsil moddasi dukkakli o‘simliklar, yong‘oq, tovuq go‘shti va yormalar tarkibida ko‘p bo‘ladi.
Kletchatkalar
Ichak faoliyatining yomonlashuvi va doimiy ochlik hissiyoti organizmda kletchatkalar yetishmasligini bildiradi. Kletchatkalar oq guruch, loviya, sabzi, brokkoli, qulupnay, malina, olma po‘chog‘i va quruq mevalarda ko‘p uchraydi.
Manba: Soglom.uz
|