Kasb-hunar kollejlarida to`lov-kontrakt asosida o`quv kurslari ochilibdi, deb eshitdim. Agar ochilgan bo`lsa, to`lovi qancha?
Dilniyoz, Toshkent shahri
X.ZIKRILLAEV, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktorining birinchi o`rinbosari:
— Vazirlar Mahkamasi Ta`lim va ilm-fan masalalari kompleksining 2016 yil 28 dekabrdagi 1-sonli yig`ilishi qarori bilan va Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 21 avgustda 1844-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta`limni olish tartibi to`g`risida”gi Nizom asosida Respublika kasb-hunar kollejlariga umumiy o`rta ma`lumot va o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga ega shaxslarni to`lov-shartnoma asosida qabul qilish rejasi tasdiqlandi.
Shunga ko`ra, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazining 2016 yil 31 dekabrdagi 366-sonli buyrug`i chiqarilib to`lov-shartnoma asosida o`qishni xohlovchilarni qabul qilishga ruxsat berildi.
To`lov shartnoma summasi kasblar turiga qarab bir yilu olti oyga 2 mln. 100 ming so`mdan boshlab, 2 mln.284 ming so`mgacha belgilangan.
Manba: Darakchi.uz
|