O`g`lim 36 yoshda, harbiy xizmatga bormagan. Endi harbiy guvohnoma olishi mumkinmi? Qaerga murojaat qilish kerak va jarima to`lanadimi?
Zumrad Azimova, Toshkent shahri
M.ABILOV, Mudofaa vazirligi bo`lim boshlig`i:
— O`zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy guvohnoma olish uchun doimiy yashash joyida (vaqtincha yashash joyi) harbiy hisobda turgan Mudofaa ishlari bo`limiga ariza bilan murojaat etishlari lozim, o`z o`rnida Mudofaa ishlari bo`limlari tomonidan harbiy guvohnoma olish uchun zarur bo`lgan hujjatlar ro`yxati taqdim etiladi.
Chaqiriluvchilar va harbiyga majburlarning harbiy ro`yxatdan o`tish qoidalarini buzishi, shuningdek, chaqiruv bo`yicha Mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga ko`ra kelmasligi yoki turar joyi, o`qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o`zgarishlar to`g`risida ma`lumotlarni qaerda harbiy hisobda turgan bo`lsa, shu organga o`z vaqtida ma`lum qilmasligi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksga asosan jarima undirilishiga sabab bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
|